‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASINI




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

 
‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASINI
SHAKLLANTIRISH
 
Boshlang‘ich sinflarda aqliy tarbiyani shakllantirishda quyidagi metodlardan 
foydalanish zarur deb hisoblaymiz. Bu esa o‘quvchilarnin aqliy tafakkurining 
shakllanishida muhim o‘rin egallaydi. Kuzatish va nazorat qilish, suhbat va hikoya, 
tushuntirish, rag‘batlantirish va tanbeh berish, ma’qullash, ko‘rgazmalilik, namuna 
ko‘rsatish, ishontirish, bahs, munozara kabilar. Kuzatishlar shundan dalolat 
beradiki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dars jarayonida yozma ishlardan faqat 
ona tili darslarida foydalanishadi. Bunday mashg‘ulotlar aksariyat hollarda, 
o‘quvchilarning yozma savodxonligini tekshirishga qaratilgan bo‘ladi. Vaholanki, 
“o‘qish”, boshqa darslarda ham yozma ish turlaridan foydalanish yaxshi natijalarga 
olib keladi. Yozma ishlar bolalarni mustaqil fikrlashga, dunyoqarashini o‘stirishga 
xizmat qilishi bilan birga, barcha o‘quvchilarning mavzu yuzasidan olgan 
bilimlarini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Bo‘lim yoki mavzu yakunida yozma 
ishlar tashkil etilganda o‘quvchila darsda olgan bilimlarini mustahkamlaydilar, 
mavzuga qayta murojaat etish orqali asar haqidagi tasavvurlari yanada 
teranlashadi, xotirasidan mustahkam joy oladi.
Yozma ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarda Vatanga nisbatan g‘urur, 
muhabbat tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yozma ish uchun 
o‘zi mustaqil holda mavzu tanlashi ham mumkin, albatta, bu mavzular ham shoir 
asarlaridagi asosiy g‘oyalarga qaratilishi lozim. Mavzular quyidagi mazmunda 
“Men sevgan shoir”, “Vatanim kuychisi”, “O‘zbekiston - vatanim manim”, “Men 
nechun sevaman O‘zbekistonni” kabi mavzularda bo‘lishi mumkin. 
Demak, dars jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma, ijodiy 
ishlaridan samarali foydalanish aqliy tafakkurning shakllanishida muhim o‘rin 
tutadi. Yozma ishlar “O‘qish” darsida amalga oshiriladigan ishlarning rejasida 
ko‘rsatilishi, uning maqsadi, ularga qo‘yiladigan talablar aniq belgilangan bo‘lishi 
lozim.
1. Yuqoridagi fandan yozma ishlarni uyushtirishdan oldin, o‘quvchilar 
mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari shart. 
2. Yozma ishlarni tashkil qilishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, 
qiziqishlari, talablari hisobga olinishi lozim. 



Download 6,55 Mb.
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



‘QISH DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING AQLIY TARBIYASINI

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish