|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 208/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
227
Kichik yoshdagi maktab o’quvchilar jamoalari tashkil qilishda o’qituvchidai turli-
tuman usul va vositalardan mahorat bilan foydalanish talab qilinadi:
1.O’qituvchi jamoa a`zolarini yangi sharoitga (maktabning 1-sinfidan boshlab)
moslashuv davrida ularga ishonch, xurmat, xushmuomalalik, talablarni to’g`ri
qo’ya bilish shu bilan birga o’quvchini tushunish va eshita bilish mahoratiga ega
bulish talab etiladi;
2.O’quvchilar jamoasidagi yetaklovchi kuch tayanch o’zagini tanlash;
3.Jamoa a`zolarining har birining kuchiga, qobiliyatiga qarab topshiriqlar berish;
4.Jamoada yangi an`ana, qonun-qoidalarni dastlabki kurtagini yaratish va unga
amal qilish;
5.Jamoa istiqbolini davr talabi bilan moslashgan holda belgilash talab qilinadi.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta`siri ko’p darajada
o’quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o’quvchilar jamoasininig xilma-xil
ishlarni qanday yo’lga qo’yishlariga bog`liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy
dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlar har xil o’quvchilarni ixtiyoriy ravishda
birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga
qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib keladi. Sinfdan tashqari
ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib
toptirishning eng muhim omilidir.
Tarbiya jarayonining mazmuni bolalarga beriladigan ma`naviy axloqiy bilimlar
tizimi, ishonch, e`tiqod, intizom, xulq-atvorni bir butun holatini tashkil etadi.
Mustaqil O’zbekistoning, istiqlol va istiqboli uchun fidoiylik ko’rsatuvchi avlodni
tarbiyalash mazmuni tamoman o’zgacha xarakter kasb etmoqda:
fuqarolik demokratik jamiyatni barpo etish mohiyatini anglab oluvchi;
Vatanini har doim turli oqimlardan himoya etuvchi;
Diniy bag`rikenglik va mehr-muravvatli bo’lish;
Davlat siyosatini tushunish unga fidoiy bo’lish;
O’zligini anglash, ajdodlar merosini qadrlash;
Yuqoridagi komil insonga xos sifatlarni tarbiyalashda;
Maqsadni aniqligi va uni to’g`ri yo’naltirish madaniyati;
Tarbiyachi-o’qituvchi va tarbiyalanuvchini hamkorlik faoliyati;
O’zini anglash, mustaqil fikrlovchi e`tiqodlilik va ixtiyorilikdan iborat.
Tarbiyaviy ishlarning mazmunida bir butun yondashishdan bosh maqsad,
“Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoiyllari dasturi”dagi g`oyalarni
bolalarning ongida o’ziga xos va mos ravishda singdiradi.
- Xalqimizning boy ma`naviy, an`ana, udum, urf-odatlar va ajdodlarimiz
merosidan foydalanish.
|
| |