|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 216/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
236
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning
fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy
natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab o‘quvchilarning ta’lim olishga nisbatan
qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu
shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim
tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi
bo‘lmagan o‘quvchilar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan
o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar
belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab,rejalashtirilib qo‘yilishi
o‘quvchilar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki ta’lim mazmunining muayyan
qolipga solinganligi o‘quvchilar uchun hech qanday stimul bermayotgandir,
rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan
voz kechish, o‘quvchilarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va
rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish
ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga
rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil
–
kreativlik
sanaladi .
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik”tushunchasining ma’noni tushunib
olish talab etiladi. Ken Robinsonningfikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega
original g‘oyalar majmui”(Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z
tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan
amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks
ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning
yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha
o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga
ham ega bo‘lish” demakdir.
Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida
turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday
bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt
darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari
uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida
noan’anaviylik, qiziquvchanlik,tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik
mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg,
1985 y.).
|
| |