|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 212/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
231
xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini
taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
“Inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasini ta'minlanishi.
Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama
axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini
yaxshilashga imkon beradi. Ta'lim jarayonida multimedia vositalari yordamida
darslarning samaradorligini oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda o`qitishning bu usulini ta'lim sohasining
barcha yo`nalishlari bo`yicha tadbiq qilinmoqda. Hozirgi amaliyot shuni
ko`rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida o`quvchilarni o`qitish ikki
barobar samarali bo`lmoqda. Mazkur vosita yordamida o`qitishda an'anaviy
ta'lim usullariga nisbatan o`rtacha 30%gacha vaqtni tejash mumkin hamda
olingan bilimlar o`quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi.
Ma'lumki, eshitgan materialning to`rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo`lsa,
o`quvchilarga beriladigan materialning video (ko`rish) orqali amalga oshirsak,
axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 25-30%gacha
ortadi. Shuningdek, mazkur o`quv materiallari audio, video, grafika
ko`rinishida mujassamlashtirilgan holatda o`quvchilarga berilsa, materiallarni
xotirada saqlab qolish 75%ga ortishi kuzatilmoqda. Ta'lim sohasida multimedia
vositalari yordamida o`quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega:
- ta'lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq
o`zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
- ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati; dars jarayonida bilim olish vaqtining
qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishuvi;
- olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo`lganda
amaliyotda qo`llashimkoniyatiga erishuvi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, har bir ta'lim vositasi talab darajasida ishlab
chiqilib, o`z o`rnida va samarali foydalanilsa, ta'lim jarayonida mazmunni
o`zlashtirishga kata yordam beradi. Ta'lim jarayonidagi eng muhim vositalar
yuqorida ta'rif berilgan kompyuter vositalari hisoblanadi. Bu vositalar dars
jarayonini
ko`rgazmali
qilishga,
o`quv
materialining
o`zlashtirilishini
yengillashtirishga va ta'lim oluvchilarning motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi.
“Yuz marta gapirgandan ko`ra, bir marta ko`rgan afzal” degan xalq iborasi
bunga yaqqol misol bo`la oladi. Ko`rgazmalilik, tushunarlilik va misol-
namunalardan foydalanish kabi didaktik tamoyillar bu iboraga javob beradi.
Chunki bu vositalardan foydalanishning mohiyati, ta'lim oluvchilarda bilimlarni
ko`rgazmali va imkon qadar real hayotga yaqin holda shakllantirishdan iboratdir.
|
| |