|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 214/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
234
ko’nikmalardan har bir inson umri davomida foydalanadi. Albert Eynshteyn
aytgani kabi, ta'lim – maktabda o’rganganlarimizni unutgach, yodimizda qoladigan
ko’nikmadir. Yangilik va kashfiyotlar eng ko’p qilinayotgan davlat fuqarolari
"yaratuvchan nou-xau ko’nikmalari"ga ega, ya'ni ular innovatsion fikrlab, yangilik
kiritish ishtiyog’i bilan yashashadi.[2;516]
Bugun ko’pchilik davlatlar shaxsda hayot uchun zarur ko’nikmalarni
shakllantirishni mo’ljalga olgan maktab ta'limini joriy qilishmoqda. Bunday
ta'limning bitiruvchisi turli vaziyatlarda mas'uliyatni qo’rqmay zimmasiga olishiga,
g’ayrat va iroda bilan muammoga yechim topishiga yordam beradigan bilim va
ko’nikmalarni egallashi kerak. Bilishga oid ko’nikmalar sirasiga tanqidiy fikrlash,
muammolarni yechish, bilimlarni qo’llash, yaratuvchanlik va tadbirkorlik,
shuningdek shaxsiy ko’nikmalar sirasiga muloqot qilish va hamkorlik o’rnatish,
yetakchilik, mustaqil o’rganishga bo’lgan ishtiyoq kabi ko’nikmalarni keltirish
mumkin. Ayni paytda rivojlangan davlatlardan Kanada, Germaniya, Shveytsariya,
shuningdek rivojlanayotgan davlatlardan Vetnam shunday ta'lim tizimiga o’tgan.
Bolalarda bunday ko’nikmalarni shakllantirishda har xil usullardan
foydalanilmoqda. Xususan, Xitoyda darsliklarga PISA (O’quvchilarni
baholashning xalqaro dasturi) testlarini joriy qilish, Avstraliyada onlayn
platformalar orqali o’quvchilarning tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini baholash,
Singapurda bu ko’nikmalarni o’rgatishni ta'lim dasturlariga kiritish ma'qul
ko’rilgan. Singapur tajribasiga ko’ra, avval o’quvchida zamon talab qilayotgan
ko’nikmalarni shakllantiruvchi darslik yaratiladi, shundan so’ng pedagoglarning
bilim va malakasi oshiriladi.
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila
boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga
innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan
ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil
predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika
tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish
metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik
g‘oyalari tashkil etadi.
“Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan,bo‘lajak
mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga
xizmat qiladi.Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi,rivojlanishi o‘z
mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson
ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish,rivojlanish g‘oyalarining
qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60
|
| |