|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 217/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
237
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb
tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue,
2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari
turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga
egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Patti Drapeau nuqtai
nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo,muayyan masala yuzasidan har
tomonlama fikrlash sanaladi.[3;4] Har tomonlama fikrlash o‘quvchilardan o‘quv
topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab
etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga
asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yurit ishda masala yuzasidan bir va ko‘p
tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har
tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi.
Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda o‘quvchi yechimning bir necha
variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani
kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik”tushunchasini
quyidagicha sharhlash mumkin:
Kreativlik
(lot., ing. “create ” – yaratish,
“creative” – yaratuvchi, ijodkor) –individning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga
tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga
kiruvchi ijodiy qobiliyati.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. “Yangi O‘zbekiston”, 2020 yil 25-yanvar.
2.Sh.Mirziyoev. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko‘taramiz. Asarlar ,1-jild. T, “O‘zbekiston”, 2017, 516-b.
3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative
thinking and problem soving). –
Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 4.
|
| |