“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
235 
yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. 
Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami 
o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson 
ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik
vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. 
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi 
sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi 
nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida 
faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan 
birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni 
rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada 
o‘zlashtirilishi talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos 
tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi 
rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi 
biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, 
mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq. 
Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi. 
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va 
o‘qituvchilarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy 
e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson,Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), 
Fisher, Frey (2008 y.),Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 
y.) va b.tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish 
mumkin. 
O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini 
shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti,Ta’lim 
departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga 
asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim 
departamenti, 2013 y.).Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, 
ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda o‘quvchilarda kreativlik 
sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. 
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori 
samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini 
ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham o‘quvchilar, ham 
o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy 
harakatlar o‘quvchilarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni 
muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar 
rivojlantirishga yordam beradi. 



Download 6,55 Mb.
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish