“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
255
Hamroyev Umid Мustafoyevich
Navoiy davlat pedagogika
institute,
I kurs magistranti
Tel:+998916493524
ASOS VA QO‘SHIMCHALAR VA ULARNING TASNIFI MAVZUSINI
O‘RGATISHDA KOGNITIV PRAGMATIK YONDASHUV ASOSIDA
O‘QITISH
Annotatsiy:
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarda asos va qo‘shimchalar
mavzusini o‘rgatishda kongnitiv va pragmatic yondashuv
asosida tashkil etish
borasidagi ishlar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar
:
Kognitiv, pragmatic, fahmiy bilish, asos, qo‘shimcha.
Bugungi kunda barcha fanlarning o‘rganishning asosida shaxs obrazi turadi.
Filolog olimlar tomonidan inson omili asosiy o‘ringa olib chiqildi. Zamonaviy
tilshunoslikda barcha e’tibor so‘zlovchi shaxsiga qaratildi.
Buning natijasida
pragmatika fani vujudga keldi.
Pragmatika so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, ish harakat degan ma’noni anglatadi. XIX
asrning 70-yillarda AQSHda keng tarqalgan falsafiy ta’limotdir.
11
Tilshunoslikda
bu fan nutqda til belgilarining amal qilishini va ularning o‘zaro munosabatlarini
o‘rganuvchi sohasi hisoblanadi. Bu fanning asosi matn lingvistikasi ya’ni
umumta’lim maktablarda matn va lug‘atlar ustida ishlash mavzularini o‘rgatishda
muhim rol o‘ynaydi.
Kognitiv so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, inglizcha “cognitive” bilishga oid degan
lug‘aviy ma’noni anglatadi. Ma’lumki, dunyoni,
voqelikni bilish, uni idrok etish
oddiy hodisa emas. Ayrim hollarda bilishni to‘g‘ridan –to‘gri fahmlash, tushunish
harakatlari bilan bog‘lanadi. Bu kognitiv tilshunoslikning asosidan shu narsa kelib
chiqadiki, o‘quvchilarda matn yuzasidan olgan bilimlarni
sinash va ularning
kreativ fikrlash malakalarini oshirishga xizmat qiladi. Bundan kelib chiqadiki,
kongniv va pragmatic tilshunoslik fanlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq
soha sifatida
o‘rganish lozimligini taqazo etadi. Biz ushbu maqolamiz asosida o‘quvchilarni
matn va uning tahliliga bag‘ishlanadi.
1-topshiriq asosida o‘quvchilarning asos va qo‘shimchalar mavzusi yuzasidan
olgan bilimlarini sinovdan o‘tkaziladi va ularning og‘zaki
va yozma nutq
11
O’zbek tilining izohli lug’ati 5 tomlik 3 tom T:.2006-yil 306-bet