|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 234/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
258
qo‘shimchalarga ajratilmaydi.
-illa taqlid so‘zlardan fe’l yasaydi. Taqilladi,
5-topshiriq. Quyidagi qo‘shimchalarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida
gaplar tuzing. (“Mening uyimni top” usuli )
-ni, -roq, -lab, -in, -(i)miz, -dan, -k, -lan, -dor, -i(ng), -gan, -r, -sira, -(a)y
So‘z
yasovchi
qo‘shimchalar
Lug‘aviy shakl yasovchi
qo‘shimchalar
Sintaktik shakl yasovchi
qo‘shimchalar
-lab, -lan, -dor, -sira, -
(a)y
-roq, -in,-gan, -r
-ni-(i)miz, dan, -k i(ng),
Bu orqali o‘quvchi qaysi qo‘shimcha qaysi guruhga tegishli ekanligini bilib olishi
nazarda tutildi. Yuqoridagi topshiriqlar asosida o‘quvchilar Grammatik bilimlari
tahlil qilindi.
Matn bilan ishlashda o‘qish va o‘qish savodxonligi bir-biridan farq qiluvchi
tushuncha ekanligi anglashimiz kerak. Xalqaro baholash o‘z ichiga matn tarkibidan
alohida olingan so‘zning ma’nosini tushunishdan tortib, matnning fonetik, leksik,
grammatik qurilishini anglash hamda matndan olingan tushunchaning o‘zini
hayotiy voqea-hodisalar bilan bog‘lay olish kabi qator aqliy faoliyat va til
kompetensiyalarini qamrab oladi. O‘qish savodxonligi orqali o‘quvchi tushunish,
foydalanish, mulohaza yuritish hamda munosabat bildirish kabi ko‘nikmalarga ega
bo‘ladi. O‘qish savodxonligi zaruriyatining asoslari quyidagilardan iborat:
– matn orqali o‘quvchining tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish ko‘nikmalari
shakllanadi;
– o‘quvchi matn tuzish texnikasini o‘rganadi;
– o‘quvchi matn lug‘ati bilan ishlash jarayonida qanday so‘zlardan foydalanish
kerakligi, shu o‘rinda, aynan qaysi so‘z qo‘llansa, o‘rinli bo‘lishini tushunadi;
– o‘quvchi matndan savol berishni o‘rganadi, aytilmoqchi bo‘lgan asosiy fikrni
ajratib oladi, savollarga javob berish jarayonida mustaqil fikrlaydi;
– matnlarga sarlavha tanlash jarayonida o‘quvchi matndagi asosiy fikrni anglab,
uni qisqa va mazmunli jumlada aks ettirish ko‘nikmasini shakllantiradi;
– lug‘at bilan ishlash jarayonida o‘quvchi o‘zi uchun yangi bo‘lgan so‘zlar izohini
o‘rganadi, uning lug‘at boyligi oshadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda o‘quvchilarning kognitiv –pragmatik
bilmlarini sinovdan o‘tkazish uchun quyidagi matnli topshiriqlar orqali aniqlaymiz.
Bobo nasihati matnida noo‘rin qo‘llangan qo‘shimchalarni aniqlang.
Keksa donishmand o‘z nabirasiga shunday hayotiy haqiqatini so‘zlab berdi:
– Har bir inson qalbida ikki kuch doimiy kurashishadi. Bu xuddi ikkita bo‘rining
olishuvisiga o‘xshaydi. Bo‘rilarning birisini bejizga yovuzlik timsoli deyilmaydi:
|
| |