“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
266 
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub’ektning o‘z-
o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish 
tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab 
olishini ham anglatadi. 
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, 
balki o‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham 
taalluqlidir. 
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to‘qnashuvi va 
o‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko‘zda tutadi. 
O‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-
sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan 
beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga 
tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o‘z bilim va ilmiy faoliyatini 
ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo‘ladi. 
O‘qituvchi faoliyatida o‘z-o‘zini faollashtirish, o‘z ijodkorligi, o‘z-o‘zini bilishi va 
yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi 
shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. 
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. 
Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o‘z mustaqillik mavqeini, 
dunyoga, pedagogik fan, o‘ziga bo‘lgan yangi munosabatni yarata olish 
qobiliyatidir. O‘qituvchi o‘z nuqtai nazarlariga o‘ralashib qolmaydi, u pedagogik 
tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday 
vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o‘zgarib boradi, 
hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. 
Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi

O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o‘zgartirishga, uning 
muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
 
O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot namunasining o‘zgarishi innovatsion 
faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an’analarda bo‘lganidek, qistovlar, hukmga bo‘ysunish kabi 
unsurlardan holi bo‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o‘zaro boshqarilishi, 
o‘zaro yordam shaklida qurilgan bo‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng 
muhim xususiyati bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir. 
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: 

kasbiy faoliyatning ongli tahlili; 

me’yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; 



Download 6,55 Mb.
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish