“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
265 
tashnalik, muammolardagi g‘ayriodatiylikka va yangilikka bo‘lgan his-tuyg‘u, 
professionalizm, bilishga bo‘lgan chanqoqlik (N.V. Vishnekova
). 
V.A. Slastenin ijodiy individualizmni ro‘yobga chiqarishning asosiy 
vazifalarini quyidagicha belgilaydi: 

ijtimoiy mohiyat kasb etgan madaniyatni boyitish; 

pedagogik jarayon va shaxs bilimlarini yangilab turish; 

samarali va ahamiyatli meyorlarni belgilaydigan yangi
texnologiyalarni topish; 

shaxsning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘zini o‘zi namoyon qila olishi 
asosida o‘z rivojlanishini ta’minlash; 
Shu tariqa o‘qituvchining ijodiy individualligini shakllantirish shaxs 
rivojlanishi va yangilanishining dinamik innovatsion jarayoni sifatida tushuniladi.
Ijodiy individuallikni xarakterlaydigan samarali o‘z-o‘zini anglash quyidagilarni 
qamrab oladi: o‘zini boshqalarga qiyos qilish asosida o‘z shaxsining betakror 
ekanligini anglay olishi; o‘zi to‘g‘risidagi kreativ ko‘rinishlar va tasavvurlari 
to‘plami; individual kreativ o‘ziga xosliklarning bir butunligi va uyg‘unligi, ichki 
birligi; shaxsning o‘z rivojlanishidagi dinamiklik va doimiylik jarayoni va uning 
ijodkor sifatida shakllanishi; shaxs o‘zini namoyon qila olishi va o‘zining muayyan 
ishlarni amalga oshirishga hozir turganligi; ijodkor sifatida o‘zini baxshida qila 
olishi va shaxsiy hamda ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining o‘rnini anglay olishi (V.A. 
Slastenin). 
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o‘qituvchining 
kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini 
ochish imkonini beradi. 

ob’ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruksiyalashga olib
keladigan ongning reflektiv tahlili; 

shaxslararo muloqot ma’nosini tushunish refleksiyasi; 
Bu bilan bog‘liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni 
farqlaydilar: 

o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish; 

o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish; 

o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish. 
 
Refleksiya (lotincha 
reflxio
- ortga qaytish ) sub’ektning o‘z (ichki) psixik 
tuyg‘u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi. 
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi 
o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi. 



Download 6,55 Mb.
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish