|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 249/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
274
Keltirilgan iqtibosdan foydalangan holda grafik organayzerga quyidagicha ta’rif
berish mumkin: “Grafik tashkilotchi – bu mavzu bo‘yicha bilim va tushunchalarni
yorliqlar yordamida mantiqiy naqshga joylashtirish orqali konsepsiya yoki
mavzuni ifodalash uchun ishlatiladigan vizual ramkadir”[3; 2]. Xaritalar,
grafikalar, diagrammalar yoki klasterlar deb nomlangan turli xil grafik
tashkilotchilar mavjud[3; 2].
Grafik organayzerlarning bir nechta turlari mavjud bo‘lib, ularning har biri
o‘ziga xos vazifani amalga oshiradi. Masalan, “Semantik xaritalar” (“Semantic
maps”) o‘quvchilarning vaqtini tejashga yordam beradi va talabalar allaqachon
bilgan narsalariga ma’lumot qo‘shadi[3; 19].
Grafik organayzerlarning bir nechta tasniflari bo‘lib, ularni ishlatilish holatiga
qarab klassifikatsiyalashtirilgan.
Grafik organayzerlar o‘qish, matnni tahlil qilish mahoratini o‘rgatuvchi
samarali vositalar ekanligini muallifi Hoang Tang Duc bo‘lgan “Graphic
organizers – effective tools for teaching reading skills” maqolasida keng yoritilgan
bo‘lib, ushbu maqolada aynan oltita asosiy grafik tashkilotchilar: “Venn
diagrammasi”, “Sabablar va natijalar xaritasi”, “Muammolar va yechimlar
xaritasi”, “Taqqoslash va farqlash matritsasi”, “Tarmoq daraxti” va “KWL
diagrammasi” kabilar hamda ularning tavsiflari berilgan[3].
Hoang Tang Duc tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni o‘zida mujassam
qilgan yuqorida nomi qayd etib o‘tilgan maqolada matnni o‘qish, o‘rganish hamda
tahlil qilishda aynan ana shu oltita grafik tashkilotchilarning ustuvor vazifalari
belgilab berilgan.
Ushbu grafik organayzerlardan
“KWL
diagrammasi”
bizning metodik
ta’limda ham keng tarqalgan va ishlatib kelinmoqda. Ushbu grafik tashkilotchisi
o‘zbek metodikasi sohasida “BBB” metodi sifatida qayd etilgan. Hatto
maktablarda
ham
aynan
ushbu
grafik
tashkilotchisidan amaliy mashg‘ulotlarda mavzuni
o‘zlashtirish jarayonida keng foydalaniladi.
K-W-L (Ogle, 1986) jadvali o‘quvchilarga nimani
bilishini (K), nimani bilmoqchi ekanligini (W) va
nimani o‘rganganligini (L) mavzuni o‘qish yoki
tadqiq qilishda yordam beradi. Bu o‘quvchilarni
oldingi bilimlarini ishga solish va o‘rganish uchun
o‘zlarining maqsadlarini belgilashga imkon berish
orqali ularni takomillashtirish uchun samarali vizual vositadir[3; 15].
“KWl jadvali” uch ustundan iborat bo‘lib, har bir ustunning tepasiga K, W, L
|
| |