“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
270 
masalalarni hal qilish, bir qarorga kelish, oqilona ish tutish, voqea-hodisalarni 
oldindan koʻra bilish layoqati. Intellekt tarkibiga idrok qilish, xotirlash, fikr 
yuritish, soʻzlash va h.k. psixik jarayonlar kiradi. Intellektning rivojlanishi tug'ma 
isteʼdod, miya imkoniyatlari, joʻshqin faoliyat, hayotiy tajriba kabi ijtimoiy 
omillarga bogʻliq[1].
Amerikalik tadqiqotchi Devid Veksler uchun intellekt "bu shaxsning oqilona 
harakat qilish, oqilona fikrlash va hayot sharoitlariga bardosh bera oladigan global 
qobiliyatidir"[3]. 
Intellektni umumlashtirish mumkin emas: har bir inson o‘zining iste'dodi, kuchli 
va zaif tomonlariga ega. Masalan, arifmetik hisoblashga no‘noq insonni 
boshqalarga nisbattan aqlsiz yoki qobiliyatsiz deb ayta olmaymiz. Arifmetikasi zaif 
insonlar, boshqa sohalarda masalan lingvistikada yoki ijtimoiy sohalarda iqtidorli 
bo‘lishi mumkin. 
Yuqori intellektual salohiyatga ega bo’lish uchun, ko’proq kitob o’qish, uni 
mutolaa qilish va aqliy mashqlarni bajarish talab qilinadi. Jismoniy mashqlar 
mushaklarni rivojlantirgani kabi, aql mashqlari miyani rivojlantiradi. Muntazzam 
aql mashqlarini bajarib borish, miyani chidamliligini oshiradi va fikrlash qobiliyati 
yaxshilanadi. Muntazzam mashqlar orqali diqqatni jamlay olish qobiliyati 
yaxshilandi. 
Intellekt turli xil aqliy qobiliyatlar majmuidir. Masalan, munosabatlar 
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni aniqlash va xulosalar chiqarish, muammolarni 
mantiqiy fikrlash orqali hal qilish va notanish vaziyatlarda to‘g'ri harakat qilish 
qobiliyati. 
Dasturlashni o’rgatish davomida ushbu qobiliyatlarni rivojlantirish mumkin.
Dasturlashni o’rgatish davomida lingvistik intellektni rivojlantirish uchun 
dasturchi avvalambor lingvistik intellekt mashqlarini bajarib, so’ng uni dasturlashi 
kerak bo’ladi.
Lingvistik intellekt mashqlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1.
So’zlarni ma’no jihatidan guruhlarga bo’lish, ularni umumlashtiruvchi 
xususiyatni topish, qatordan ortiqcha so’zni aniqlash. 
2.
Gaplarni ma’no jihatidan tahlil qilish, ularni chinligini abaholash. 
3.
So’zlarning boshlanish va oxirini to’g’ri topa olish 
4.
So’zlarni ma’no jihatidan qanday munosabatni ifodalashini (umulashtirish, 
butun-bo’lak, oqibat…) topa olish. 
5.
Otga mos felni topish. 
6.
So’zning sinonim, omonim va antonimini topa olish. 
Ushbu topshiriqlarni shakllantirib, dasturlash tili bilan integratsiya qilish mumkin. 



Download 6,55 Mb.
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish