“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
269
Kamalova Nilufar Ilxomovna
Buxoro viloyati
XTXQTUMOHM
“Aniq va tabiiy fanlar”
kafedrasi o‘qituvchisi
DASTURLASH TILLARINI O’QITISH DAVOMIDA LINGVISTIK
INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya:
Maqolada intellekt va unga berilgan ta’rif, lingvistik intellekt va uni
dasturlashga integratsiya qilish hamda intellekt topshiriqlarini dasturlashga
misollar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Intellekt, lingvistik intellekt, dasturlash, aqliy qobiliyat, python
Аннотация:
В статье приведены примеры интеллекта и его определения,
лингвистический интеллект и его интеграция в программирование, а также
программирование интеллектуальных задач.
Ключевые слова:
Интеллект, лингвистический интеллект, программирование,
умственные способности, python
Annotation:
The article provides examples of intelligence and its definitions,
linguistic intelligence and its integration into programming, as well as
programming intellectual tasks.
Keywords:
Intelligence, linguistic intelligence, programming, mental ability,
python
Intellekt jamiyatimizda muhim ahamiyatga ega. Intellektual salohiyatli
kishilarga atrofdagilar havas bilan qarashadi. Bunday insonlar hayotda omadli
bo‘lib, o‘z aql-idroki bilan jamoa o‘rtasida alohida hurmat va e’tirofga ega
bo‘lishadi.
Intellekt - bu miyaning qabul qilingan ma'lumotlarini qayta ishlash qobiliyatidir.
Unga mantiq, xotira, o‘rganish qobiliyati, ijodkorlik, hissiyotlarni ajrata olish,
muammolarni yechish kabi qobiliyatlar kiradi.
Aslida intellektning umum qabul qilingan ta'rifi yo‘q. Ushbu mavzu bo‘yicha
ko‘plab tadqiqotlar va nazariyalar mavjud. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasida
unga quyidagicha ta’rif berilgan:
Intellekt (lot. intellects — bilish, tushunish, idrok qilish) — insonning aqliy
qobiliyati; hayotni, atrof muhitni ongda aynan aks ettirish va oʻzgartirish, fikrlash,
oʻqish-oʻrganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli