|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 240/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
264
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtiradi va boshqalar.
Innovatsion faoliyatda o‘qituvchi ilg‘or, sermaxsul ijodiy shaxs, keng qamrovli
qiziqish, ichki dunyosi boy, pedagogik yangilikka o‘ch bo‘lishi lozim.Innovatsion
faoliyat motivatsion, texnologiklik va refleksiyalik qismlardan tashkil topadi.
O‘qituvchini bu faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshiradi: yangilikni
idrok qilishga innovatsion tayyorgarlikni shakllantirish va yangicha harakat
qilishga o‘rgatish.Innovatsion faoliyatni tashkil etishda tahsil oluvchilarningg
bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega.
Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim
yo‘nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan hulosaga olib keladi.
Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o‘zini yangilik yaratish
jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar
jamini anglatadi.
Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir
maqsadi sifatida qaraydi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi
O‘qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat
natijasi sifatida qaraladi.
V.A.Slastenin o‘qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik
jihatdan yondashadi.
Akmeologiya (akme– yunoncha: “ oliy nuqta”, yetuk, eng yaxshi davr”) -
rivojlanayotgan insonning ijodkorlik, kashfiyotga intilish, kasbiy faoliyatining
yetuklik pog‘onasini o‘rganish sohasidir.
O‘qituvchining innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishda
quyidagilar yetakchilik ko‘rsatadi
yangilikka intilish hissi;
ijodkorlik namunalari;
qobiliyat;
iste’dod;
o‘quv jamoasi;
o‘z xatti-harakatini maqsadli rejalashtirish va boshqalar.
.
O‘qituvchining ijodiy individualligi quyidagilardan iborat:
- intellektual - ijodiy tashabbus;
- bilimlar kengligi va chuqurligi intellektual qobiliyati;
- ziddiyatlarga nisbatan xushyorlik, ijodga tanqidiy yondashuv,axborotlarga
|
| |