|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 239/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
263
quvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo‘ladi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishga turli xil
yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3
bosqichda, ya’ni
tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish
bosqichlarida amalga
oshiriladi.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar
mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan
tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli
emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda
cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir. O‘zbekiston Respublikasida kasbiy
ta’lim mamlakatda va xorijda ilm-fan, texnika, texnologiyalar va iqtisodiyotini
hisobga olgan holda raqobatga qodir mutaxasislarni tezkorlik bilan tayyorlashni
ta’minlay oladigan darajada bo‘lishi lozim.
Ijodkor o‘qituvchi kreativ, keng qamrovli qiziqish ega bo‘lishi lozim.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi
lozim:
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
yangicha harakat qila olishga o‘rgatish.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari,
mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining
pedagogik asoslarini o‘rganish - o‘qituvchi faoliyatiniyangi impuls bilan
yo‘g‘rilanishiga, jahon andozalariga mos bo‘lish imkonini beradi.O‘qituvchi
innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samarasini belgilovchi
muayyan me’yorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunda o‘qituvchining innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish
va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsep -siyasini
shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho
berishni qamrab oladi, unda innovatsion faoliyatining samarasi pedagog shaxsiyati
bilan belgilanadi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatda quyidagi qobiliyatlarini namoyon etadi:
Dars mashg‘ulotlarida ijodiy motivatsiyani qo‘llaydi,kasbiy faoliyatni
baholaydi;
O‘quvchilarning ijodiy o‘zaro faoliyatiga hamkorlik qiladi;
qat’iyatlik, mas’uliyatlik va halollik bilan ishini tashkil etadi;
innovatsion faoliyatga bo‘lgan zaruratni aniqlaydi;
ijodiy faoliyatga jalb qilishga tayyorgarlik ko‘radi;
|
| |