|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
34
3) innovatsion yondashuv va o‘qituvchiik masala (muammo)larning yechimini
topishga kreativ yondashish;
4) kutiladigan natija7.
O‘qituvchining kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks
etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat
shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi.
Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari,
tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Kreativ potensial bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan
chambarchas bog‘liq. O‘qituvchining kreativ potensiali an'anaviy tafakkur
yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi;
- yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati;
- bir qolipda fikrlamaslik;
- o‘ziga xoslik;
- tashabbuskorlik;
- noaniqlikka toqat qilish;
- zakovatli bo‘lish
O‘qituvchi kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida
quyidagilarga e'tiborini qaratishi zarur:
- kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish;
- yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish;
- ilg‘or o‘qituvchiik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish;
- hamkasblar bilan o‘qituvchiik yutuqlar xususida fikr almashish
Har bir o‘qituvchining o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta
olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq.
O‘qituvchining kreativlik potensialini rivojlantirishda quyidagi metodlardan
foydalanish samarali sanaladi:
•
Ijodiy topshiriqlar
•
Muammoli vaziyatlar
•
Individual ishlanmalar
•
Ijodiy loyihalar
•
“Zakovat” musobaqasi va b.
Odatda o‘qituvchilarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari o‘qituvchiik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni
amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi.
|
| |