“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
35 
O‘qituvchi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati 
ma'lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi 
va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativlik 
qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun o‘quvchilik yillarida poydevor qo‘yiladi va 
kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi.
Bunda o‘qituvchining o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu 
faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi ijodiy 
faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni 
tahlil qilish, shuningdek, o‘qituvchiik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga 
alohida e'tibor qaratishi zarur. 
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, o‘qituvchining masala 
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. O‘qituvchi o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish 
orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash 
keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan 
ehtiyoj sezadi. 
O‘qituvchi o‘zida quyidagi kreativlik malakalarini namoyon eta oladi: 
- bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish
- masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish; 
- masalani hal qilish rejasini tuzish; 
- masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez,
induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo‘llash; 
- masalani hal qilish usullarini tanlay olish; 
- qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish; 
- masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; 
- masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala
yechimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni
rasmiylashtirish 
Ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirish ham 
o‘qituvchining kreativlik potensialini rivojlantiradi. Natijada o‘qituvchi: 
• 
ijodiy fikrlashga odatlanadi; 
• 
-ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish ko‘nikmalarini puxta o‘zlashtiradi; 
• 
- o‘qituvchiika yoki mutaxassislik fani yutuqlari, ilg‘or ajribalardan 
• 
foydalanish imkoniyatlarini mustaqil tahlil qiladi; 
• 
- o‘qituvchiik jamoa tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot va ijodiy 
loyihalarni bajarishda faol ishtirok etadi 



Download 6,55 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish