|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
39
faoliyatiga, ta’lim mazmuni va texnologiyalariga, ularning samaradorligini oshirish
maqsadida kiritiladigan yangilik va o’zgarishlar sifatida qayd etiladi”. [2.51,52].
Tarix ta’limida innovativ-kreativ texnologiyalardan foydalanish ham yoshlar
ongi va qalbiga yangi g’oyalarni kiritishi bilan birgalikda ularda yaratuvchilik va
ijodkorlik xususiyatlarini shakllantiruvchi jihatlarni alohida e’tiborga olishlari
kerak.
Masalan, “Qadimgi Rim” tarixini o’rgatishda hozirgi darsliklarda mavjud
bo’lmagan quyidagi misolga o’quvchilar diqqati jalb etiladi. Bundan ko’zlangan
maqsad o’quvchilar keltirilgan misoldagi innovatsiya va kreativlikning mazmunini
o’zlari anglab yetsin.
Qadimgi Rimda Oppian nomli shoir bo’lib, u turli mavzularda she’r va
dostonlar yozgan. Imperator Avrelian uning “Baliq ovlash” haqidagi dostoni uchun
alohida taqdirlagan. Imperatorning bu iltifoti Rim aholisini qiziqtirib qo’yib,
ko’pchilik Oppianning “Baliq ovlash” haqidagi dostonini o’qigan va shu orqali
aholinig ko’pchiligi baliq ovlashni o’rganib, mamlakat aholisining dasturxoniga
yangicha qut-baraka kira boshlagan. Bu o’rinda o’qituvchi o’quvchini mushohada
qilishga undaydi. O’quvchi “Mushohada qil!”, “Xulosalash” kabi interfaol
metodlarni qo’llab, bu misolda innovatsiya va kreativlik nima ekanligini topishga
o’quvchilarni da’vat etadi. O’quvchilar anglab yetadilarki, shoirning dostonida
ilgari surilgan baliq ovlash haqidagi yangi g’oyalarni mamlakatga keng yoyishga
Imperator rahnamolik qildi. Shu tariqa aholi baliq ovlashni yaxshi o’zlashtirdi va
oqibatda yurt ma’murchiligiga erishildi. Dostonda ilgari surilgan kreativ g’oyalar
o’quvchilarda yaratuvchilik va ijodkorlikning xalq orasida yoyilishiga imkon
yaratdi. Hozirgi kunlarda ham mamalakatimiz aholisini tabdirkorlikka da’vat
etishda ularga tirik baliqning o’zini emas, balki qarmoq berish zarur, degan fikrlar
uchrab turishi ham yuqorida keltirilgan yorqin misolga nisbattan aytilgan, deb
o’ylaymiz. Haqiqatda ham innovatsiyalar va kreativ yondashuvlar yaratuvchilik va
yangicha yondashuvlarga asos bo’ladi.
Tarix ta’limida innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llash jarayonida
yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalsh, buning uchun tarixni
yaxshi o’rgatish, bu yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhim
ahamiyat kasb etadi. “Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda
uning tarbiyaviy ta’siri bo’lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa
chiqarishga o’rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz
zarur” [3.1] - deb ta’kidladilar Prezidentimiz.
“Yangi O’zbekiston”, “Uchinchi Renessans” kabi tushunchalar
mamlakatimiz aholisining kelajagi, taqdiri bilan bog’lanayotgan jo’shqin davrda
|
| |