|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashningBog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
41
Tarix darslarini ana shunday qiyosiy tahlillar asosida o’tish o’quvchilarda
yangiliklarni o’rganish va yaratuvchilik, ijodkorlik xislatlarini tarbiyalshga xizmat
qiladi. Yana bir misol: Sho’ro tuzumi davrida “yopiq mavzu” bo’lib kelgan
“kambag’allik masalasi” haqida fikr yuritganda, uzoq yillar davomida yo’l
qo’yilgan xatolar, chala islohotlar, ilmiy jihatdan pishiq ishlab chiqilmagan
loyihalar, qolaversa, xalq va davlat manfaatlari o’rtasidagi nomutanosibliklar,
afsuski yurtdoshlarmizning muayyan qismini “kambag’al” qatlamga aylantirib
qo’ydi. Keyingi 4-5 yil ichida mehnat va kichik biznes daromadlarining o’sishi
kambag’allikning qisqarishiga olib kelmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yurtimiz
aholisi o’rtasida kambag’allikni qisqartirish borasida keng qamrovli islohotlar olib
borilmoqda. “Temir daftar” ga kiritilgan aholini ish bilan ta’minlash va ularga
zarur turmush sharoitlari yaratib berilmoqda. Bugun ongimizga o’rnashib qolgan
“kambag’allik ayb emas” degan soxta aqidadan voz kechildi. Kambag’allikdan
chiqish uchun harakat kuchayib: “To’rt mucham sog’ bo’lsa, birovdan kam
bo’lmasam, nega kambag’al bo’lishim kerak”, - degan ichki tug’yon va chaqiriq
ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Tarix darslaridagi ana shunday qiyosiy tahlil
yoshlarni yaratuvchilik va ijodkorlikka undashga xizmat qiladi.
Milliy tarixni milliy ruhda yaratish va o’rgatishda milliy madaniyatlar
taraqqiyotiga berilgan e’tiborni qiyosiy tahlil qilish ham muhim o’rin tutadi.
Sho’ro tuzumi davrida barcha milliy respublikalar va millatlar madaniyatini o’zida
mujassamlashtirilgan yagona “sovet madaniyati” ni yaratishga harakat qilindi.
Milliy madaniyatning “rivojlanishi” maxsus qolipga solindi. Uni tarixiy
jihatdan o’rganish, ilmiy-tadqiq etish esa kodlashtirildi. Siyosiy o’lchovlarga,
kommunistik mafkuraga javob bermagan har qanday asar yo’qqa chiqarildi.
“Yagona sovet madaniyati”, “Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat”
shiorlari asosidagi yondashuvlar tufayli mustabid tuzum sharoitida o’zbek milliy
madaniyati ham katta ziyon ko’rdi.
O’zbek milliy madaniyatiga ham sinfiylik va partyaviylik nuqtai nazaridan
baho berilishi tufayli uning nodir asarlari yo’q qilindi. Ming-minglab ziyolilarimiz,
ayniqsa, jadid bobolarimiz “xalq dushmani” tamg’asi bilan yo’q qilindi. 1936-yil
oxiridan 1940-yilgacha Respublika bo’yicha 5758 nafar ziyoli – yozuvchi, shoir,
olim, madaniyat va san’at arboblari qamoqqa olindi. Ularning 4811 nafari otib
tashlandi.
Bugun o’zbek milliy madaniyati jamiyatning barcha jabhalarida yig’ilib
qolgan muammolarni bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Madaniyat maskanlari,
badiiy havaskorlik to’garaklarida milliy mumtoz kuylarimiz yangramoqda, o’limga
|
| |