“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
40 
yashamoqdamiz. Bu davrda fan innovatsiyalari va kreativ texnologiyalaridan 
foydalanish yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshiradi. Ayniqsa, 
malaka oshirish jarayonida pedagoglar o’z sohalaridagi innovatsion – kreativ 
texnologiyalardan foydalanishni o’rgansalar umumiy o’rta ta’lim maktablarida 
ta’limning sifati va samaradorligi yanada oshadi. O’z navbatida pedagog 
xodimlarning malaka oshirish jarayoniga bo’lgan qiziqishlari ham ortadi. “Har 
qanday ta’lim jarayoni samarali bo’lishi uchun u ta’lim oladigan shaxsning 
qiziqish va ehtiyojlariga mos bo’lishi lozim… Pedagog – xodim malaka oshirish 
kursiga, odatda yangilik olish, o’qitishning yangi metod va texnologiyalarini 
o’zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida boradi [4.5]
Bu maqsadga erishmoq uchun tarix darslarida milliy taraqqiyot bosqichlarini 
“Kecha va bugun” tamoyili asosida qiyosiy tahlillar bilan o’rganish va o’rgatishni 
tavsiya etamiz. Bunda tarix fani o’qituvchisi innovativ – kreativ texnologiya 
asosida o’quvchilarni fan yangiliklarini o’zlashtirishga, yaratuvchilik va 
ijodkorlikka undaydi.
Bunda mamlakatimizning sho’ro tuzumi va mustaqillik yillaridagi, ayniqsa, 
keyingi 4-5 yil ichida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga 
oshirilgan va erishilgan yutuqlarga tahliliy va taqqoslash usuli orqali yondashuv 
yaxshi samara beradi. Haqiqat taqqoslanganda yaqqol ko’zga tashlanadi, albatta.
Quyidagi misollar fikrimizni dalillaydi: Mustabid tuzum sharoitida 
O’zbekiston iqtisodiyotida davlat mulki monopolyasi va boshqaruvda ma’muriy 
buyuruqbozlik siyosati kuchayib bordi. Natijada ishlab chiqarishning o’sish 
sur’atlari, yangi mahsulot hajmi kamayib ketdi. Mehnat unumdorligi keskin 
pasaydi. O’zbekiston go’yoki sobiq markazdan dotatsiya oladigan, qoloq, 
boqimanda respublika sifatida ko’rsatildi. Aslida esa O’zbekistondan olib ketilgan 
bir yillik paxta tolasining o’zidan 25 milliard rubl daromad olinib, dotatsiya 
sifatida 2,5 milliard rubl berilgan, xolos.
Mustaqillik sharoitida esa keng ko’lamli ishlab chiqarishni yangilash, texnik 
va texnologik jihatdan modernizatsiyalash, yuqori texnologiyali qayta ishlash 
yo’nalishlarini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh 
muhitini yaratish, ichki va tashqi bozorda milliy tovarlar raqobatbardoshligiga 
erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini kengaytirish mutlaqo yangi 
bosqichga ko’tarildi. Mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o’zgarishlar, tovar va 
moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga teng 
imkoniyatlar yaratish, makroiqtisodiy barqarorlik, ishbilarmon va tadbirkorlarning 
haq-huquqlarini, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash mustaqil 
O’zbekistonda xalqimizning erkin va farovon yashashiga imkoniyat yaratdi.



Download 6,55 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish