“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
42 
mahkum etilgan maqom, baxshichilik san’atimiz yana bo’y ko’rsatmoqda, 
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning bunday san’at turlariga bo’lgan qiziqishlari 
tobora ortib bormoqda.
Sho’ro tuzumi davrida milliy madaniyatga nopisandlik bilan qaralgan bo’lsa, 
bugun milliy madaniyatimiz ham tom ma’noda rivojlanish bosqichiga qadam 
qo’ydi. Hozirgi kunda 39 ta professional teatr, 4580 dan ortiq muzey, 826 ta 
madaniyat markazi, ularda faoliyat ko’rsatayotgan 70 dan ortiq xalq teatri, 100 dan 
ziyod namunali va xalq folklor jamoasi, 152 ta ashula va raqs ansambli, 3 mingdan 
ortiq badiy havaskorlik to’garagi, bundan tashqari, 312 ta bolalar musiqa va san’at 
maktabi, 225 ta madaniyat va istirohat bog’i xalqmizga munosib xizmat 
ko’rsatmoqda [5.4]. 
Tarix darslarida miliy madaniyatga munosabat masalasida sho’ro tuzumi va 
mustaqillik davridagi holatlar yuqorida ko’rilganidek qiyosiy tahlil qilinganda 
haqiqiy holat yanada oydinlashadi. Mustabid tuzum sharoitida O’zbekiston 
o’zining mustaqil tashqi siyosatini yuritish huquqidan mahrum edi. O’sha davrda 
yurtimizning xorijiy davlatlar bilan olib brogan tashqi siyosatidagi asosiy yo’nalish 
asosan madaniy-ma’rifiy sohada bo’lib, unda ham ustuvorlik o’zbek madaniyati 
orqali sho’ro davlatining afzalliklari, milliy madaniyatlarga ko’rsatgan ijobiy 
ta’sirini isbotlash zarur edi.
Mustaqillik shaoitida O’zbekiston o’zining mustaqil tashqi siyosatini 
yuritayotgan, jahon hamjamiyatida tobora mustahkam nufuzga ega, yaqin va uzoq 
qo’shnilari bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakat 
hisoblanadi. Uning siyosatidagi ochiqlik, konstruktivlik va pragmatik yondashuv 
dunyo mamlakatlari tomonidan ma’qullanmoqda.
Qo’shni davlatlar bilan chegaralarning ochilishi, xalqaro maydonda O’zbekiston 
tashabbuslarining tan olinishi va ma’qullanishi mustaqil O’zbekistonning jahon 
miqyosida obro’-e’tiborining oshib borayotganligining yorqin dalilidir. 
2021-yil 15-16-iyul kunlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda o’tkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: 
mintaqaviy bog’liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro 
konferensiyada 44 mamlakat va 30 ga yaqin xalqaro tashkilot delegatsiyalari
nufuzli xorijiy ilmiy tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari ishtirok etganligi ham 
O’zbekistonning xalqaro maydonda obro’-e’tiborining oshib borayotganini yaqqol 
ko’rsatadi.
Mazkur konferensiyada har ikki mintaqa davlatlari o’rtasidagi azaliy foydali 
munosabatlarni qaytadan tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish bo’yicha takliflar 
bildirildi. Bularning barchasi bugun O’zbekiston jahon hamjamiyatining to’laqonli 



Download 6,55 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish