“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
33
R.V.Astanov
Buxoro VXTXQTMOHM “Aniq va tabiiy
fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri.
O‘QITUVCHINING KREATIVLIK POTENSIALI
Annotatsiya:
O‘qituvchining kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida
aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi.
Mazkur sifat
shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi.
Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari,
tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi.
Annotatsiya:
Tvorcheskiy potensial uchitelya otrajaetsya kak yego obщaya cherta.
Eto pervoe uslovie i rezultat tvorcheskoy deyatelnosti. Eto kachestvo predstavlyaet
soboy oderjimost i gotovnost cheloveka k sposobnosti vыrajat sebya. Krome togo,
na osnove tvorcheskogo potensiala proyavlyayutsya individualnыe sposobnosti,
prirodnыe i sotsialnыe silы kajdogo spetsialista v selom.
Annotation:
A teacher’s creative potential is reflected as his or her common
feature. It is the first condition and result of creative activity.
This quality
represents the possession and readiness of an individual for the ability to express
himself. In addition, on the
basis of creative potential, the individual abilities,
natural and social strength of each specialist are reflected as a whole.
O‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatish, ularda kreativ tafakkurni
shakllantira olish uchun avvalo o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor shaxs bo‘lishi
zarur.
Bordi-yu, uning o‘zi kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasa, u holda qanday
qilib, o‘quvchilarni kreativfikrlashga rag‘batlantira oladi. Chiqariladigan yagona
xulosa quyidagicha: o‘qituvchining o‘zi kreativ, ijodkor bo‘lsagina, o‘quvchilar
ham shunday bo‘la oladi.
O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas,
balki
darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g‘oyalarni ta'lim
jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. Mashg‘ulotlarda o‘qituvchi “kreativlik
yo‘l xaritasi”ga ko‘ra quyidagi to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi va ulardagi
harakatlar o‘qituvchilarning kreativligini ifodalovchi belgilar (Patti Drepreau)
sanaladi:
1) ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyon etish;
2) o‘quvchilarni o‘quv fanlarini qiziqish bilan o‘zlashtirishga rag‘batlantiruvchi
strategiya (metod va vositalar)dan foydalana olish;