|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 351/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
383
o‘ziga berilgan topshiriqni mashqlar asosida o‘zlashtirish va undan so‘ng
boshqasiga o‘tish talab qilinadi. To‘g‘ri javob takrorlash va rag‘batlantirish bilan
mustahkamlanadi. Bunday yo‘l tutish paytida tarbiyachi bolaning o‘zlashtirgan
bilimini vaqti-vaqti bilan baholab borishi lozim. Baholash navbatdagi topshirivni
berishdan oldin amalga oshiriladi.
Baholashning ham bir qancha tizimlari hamda darajalarini belgilovchi
shakillar tavsiya etilgan bo‘lib, o‘qituvchi-pedagog ularni bolaning bilimini
baholash paytida qo‘llash mumkin. Bunday ana'naviy boholash tizmida farqli
o‘laroq, zamonaviy tajribalarga tayangan holda “
Ilk qadam
” dasturi bola
rivojlanishiga mo‘ljallangan noan'anaviy kreativ yondoshuvdan foydalanadi va bu
yo‘l bola tabiiy o‘sishining butun mohiyatini anglash va xolis baholash imkonini
beradi. Bunday yo‘l tutishga asosan bolalar:
o‘yin davomida o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit haqidagi axborotlarni
o‘zlashtirib, faol ta'lim oladi;
rivojlanishning qonuniy bosqichlaridan o‘tadilar;
o‘zlarini hissiy kognitiv o‘sib-ulg‘ayishlari uchun harakat qiladilar;
takrorlanmasindividual) tarzda va har bir o‘z fiziologik, intellektual
imkoniyatlari doirasida ulg‘ayib boradi.
Bu nazariya tarafdorlari bolani biologik organizm sifatida qaraydi va o‘z
xulosalariga tayangan holda quyidagi tezislarini olg‘a suradi: Tafakkur rivojida
ikki yo‘l–asl tabiiy va ijtimoiy yo‘lning o‘z o‘rni va bir-biriga ta'siri bor. Unisi
ham, bunisi ham kognitiv va jismoniy rivojlanishga(barkamollikka) daxldordir.
Kongnitiv va jismoniy rivojlanish:
bizni o‘rab turgan olamni bevosita aql va tajriba vositasida bilishdir;
bolada ichki fikrlash asosida empirik tajribani shakillantirish.
Har bir shaxsning rivojlanish sur'ati-ijtimoiy muhit ta'siri natijasidir.
Kognitiv o‘sish o‘z o‘rnida fikrlashning chuqur sifat o‘zgarishi bilan ham
bog‘liqdir. Bola o‘z rivojlanish davrida ma'lum bosqichlarni bosib o‘tadi. Bu
|
| |