|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 350/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
382
D.Sh.Qurbonova
“Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus
ta'lim metodikalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
MAKTABGACHA TA'LIMGA ZAMONAVIY KREATIV MUNOSABAT
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko‘ra
o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib, ulg‘ayishida maktabgacha bo‘lgan
davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda
tez o‘sish, rivojlanish va o‘zgarishlar ichida yashaydilar. Ularni rivojlanishning bu
pallasida qo‘llab-quvvatlash va ardoqlash juda muhim bo‘lib, umr bo‘yi olinadigan
bilim, tajriba va malakalarning 60 foizi ilk bolalik yillaridagi tajribalar natijasini
tashkilqiladi. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli
ekanining yana bir isbotlaydi.
Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga
maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi.
Xalqaro tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim
pedagogikasida uch yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta'lim tarbiya
berishda asosan ikki xil yondoshuv mavjud. Birinchi yondoshuv tarafdorlari
bixevioristik tushunchalarning shakllanish manbai bolada emas va ular o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lmaydi deb hisoblaydi. Ya'ni barcha tushunchalar bolaga tashqaridan
beriladi va u tomonidan o‘zlashtiriladi.
Bixevioristik dasturlar tarbiyachilarga yo‘naltirilgan va ochiq ifodalangan
ta'limga asoslanadi, shu jarayonda bola go‘yoki bir bo‘sh idish singari asta-sekin
mazmun bilan “to‘ldiriladi”. Tarbiyachi ma'lum materialni o‘ziga xos tarzda bayon
etadi. Axborot, qoida bo‘yicha, avvaldan chuqur tahlil etiladi, alohida
topshiriqlarga bo‘linadi hamda shundan so‘ng asta-sekin, muntazam davomiylikda
bolaga taqdim etib boriladi. Tarbiyachi bunda axborot manbai sifatida harakat
qiladi va uning ishi ana shu axborotni bolaga yetkazish bo‘ladi. Boladan esa
|
| |