|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 352/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
384
borada ham turlicha nazariya hamda yondoshuvlar mavjud. Fransuz
psixologiyasining mashhur namoyandasi J Piaje nazariyasi bo‘yicha:
1.
birinchi-sensomotor bosqich bola tug‘ilgandan boshlab, taxminan ikki
yoshga to‘lguncha davom etadi.
2.
Ikkinchi bosqich aniq operatsiyalar bosqichi keladi ( 2 yoshdan 11
yoshgacha)
3.
Uchinchi bosqich, bu rasmiy operatsiyalar bosqichi bo‘lib, odatda u ilk
o‘smirlik yoshidan boshlanadi, deyiladi.
Boshqa bir nazariyada bola so‘zlashuv muomalasini egallasa va o‘rganish
natijasida fikrlash jarayonini anglay boshlasa va uni boshqarsa undagi fikrlash tub
ma'noda o‘zgaradi, deya fikr bildirilgan. Yana bir qarash: ruhiy-ijtimoiy
rivojlanish nazariyasi shaxsning ijtimoiy muhitga munosabatini uchta o‘sish yoshi
bilan belgilaydi. Bunda bola me'yorida o‘sishiga u yoki bu yosh uchun xos bo‘lgan
nizolarni hal etish deb qaraladi. Bolada tug‘ilishidan bir yoshga kirgunga qadar
ishonch munosabati shakllanadi; bir yoshdan uch yoshga qadar mustaqillikning
o‘sishi ro‘y beradi; olti yoshgacha me'yorda o‘sgan bolada tashabbuskorlik qaror
topadi. Bir qarashda turfa xil ko‘rinadigan bu kabi qarashlar bola rivojlanish
jarayoni to‘g‘risidagi bilimlarimizni kengaytirish barobarida bu jarayonga o‘zimiz
yashab turgan jamiyat o‘ziga xosliklari hamda yangi davlat talablaridan kelib
chiqqan holda ijodiy yondashishimiz zarurligini hamda bu borada o‘ziga xos
g‘oyalarni taklif etishimizga imkon beradi. Ular, shuningdek, o‘quv dasturlarni
individual tarzda ishlab chiqishda yaxshi omil bo‘lib xizmat qiladi. Rivojlanish
nazariyasiga asosan hozirgi zamon ilg‘or ta'lim- tarbiya sohasi zimmasiga
yuklangan vazifalarni qarab chiqish, shunga asosan uning mazmunini bola
ehtiyojlariga moslashishni ta'minlash zarur bo‘ladi.
|
| |