|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 355/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
387
poydevor mustahkam bo‘lsagina me'mor quradigan imorati mustahkam samarali
va xizmat qiladigan bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o‘tishi hamisha uning
hayoti, xulqi, qiziqishi va kundalik munosabatlarida anchagina jiddiy
o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani
MTTda yoki uydayoq maktab ta'limiga tayyorlash jarayonida uncha qiyin
bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malaka bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.
Bunday tanishtirish o‘z navbatida, bolada kechadigan moslashuv davrining jiddiy
qiyinchiliklarsiz o‘tishiga yordam beradi. Bolaning maktabga qadam
qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega ekanligi emas, uning yangi bilimlarni
egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqyea-hodisani
mustaqil ravishda tahlil etishi va harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolaga
biror narsani o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish,o‘z g‘oyasini
himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini shakllantirish
ham muhimdir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola o‘ynagan, ko‘rgan, eshitgan
narsalarini tasavvurida aks ettiradi, sinab ko‘radi, o‘ylaydi, o‘lchaydi, tekshiradi.
Insoniylik fazilatlari bolalikdan kurtak yoza boshlaydi. Ayni shu paytda inson
qalbiga yaxshilik urug‘i tashlanadi. Bola hayotida tevarak-atrofdagi voqyea-
hodisalarni his etsada, uni to‘g‘ri tushunishga ojizlik qiladi. Biroq, turli taassurotlar
uning xarakterini shakllantiradi. Darhaqiqat, bolalarning tasviriy faoliyatiga razm
solsangiz, ularning tevarak-atrofdagi olamni musaffo tuyg‘ulari bilan yorqin va
mo‘jizakor bir tarzda ko‘ra olishlarini kuzatamiz. Bolalarda hayotiy tajriba, bilim
va ko‘nikma yetarli darajada bo‘lmasada, ular samimiyat va soxtalik, yomonlik va
yaxshilikni nihoyatda kuchli his etadilar. Oq qog‘oz yuzasida bola nimanidir
tasvirini aks ettiradi va yasaydi hamda o‘zining mehnati mahsulidan estetik zavq
oladi. Mehnat, mashg‘ulot, o‘yin, sayr, bayram, ko‘ngil ochish kabi estetik
faoliyatning xilma-xil shakllari asosida bolalarning har birini ijtimoiy foydali
faoliyatga samarali jalb etish imkoniyati zamonaviy tarbiyachida mavjud bo’lishi
joizdir. Shunday ekan, bolani tarbiyalashning yagona va mukammal qoidasi ham
|
| |