• ODDIY TARBIYACHI –GAPIRADI VA KO‘RSATADI, YAXShI TARBIYACHI O‘YINGA ISHTIROK ETTIRADI
  • “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet353/539
    Sana27.06.2024
    Hajmi6,55 Mb.
    #265996
    1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   539
    Bog'liq
    Maqola 3 (207-211-bet)

    “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
    amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

     
     
    385 
    Rahmonova Dilfuza Maxmudovna 
    Buxoro Davlat universiteti «Pedagogika» kafedrasi o‘qituvchisi
     
    ODDIY TARBIYACHI –GAPIRADI VA KO‘RSATADI, YAXShI 
    TARBIYACHI O‘YINGA ISHTIROK ETTIRADI 
    Har bir ota-ona o‘z bolasining maktabda yaxshi ta'lim olishini va maktabni 
    tugatgandan so‘ng hayotda o‘z o‘rnini topishini xohlaydi. Lekin, hamma ota-onalar 
    ham bolani maktab ta'limiga tayyorlash nimalardan iborat bo‘lishini va u 
    nimalarni bilishi kerakligidan xabardor emaslar. Davlat talablari asosida 
    maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma 
    va malakalariga qo‘yilgan minimal talablarni bolalar ongiga singdirishda uslubchi 
    va tarbiyachilarning roli kattadir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab 
    ta'limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, xulqi, qiziqishi va kundalik 
    munosabatlarida anchagina jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Shuning uchun 
    maktabgacha yoshdagi bolani MTMda yoki uydayoq maktab ta'limiga tayyorlash 
    jarayonida uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malaka bilan 
    tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtirish o‘z navbatida, bolada kechadigan 
    moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklarsiz o‘tishiga yordam beradi. Bolaning 
    maktabga qadam qo‘yayotganida nechog‘li bilimga ega ekanligi emas, uning yangi 
    bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashish ko‘nikmasi, voqyea-
    hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
    Bolaga biror narsani o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish,o‘z 
    g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko‘nikmasini 
    shakllantirish ham muhimdir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bola o‘ynagan, 
    ko‘rgan, eshitgan narsalarini tasavvurida aks ettiradi, sinab ko‘radi, o‘ylaydi, 
    o‘lchaydi, tekshiradi. Insoniylik fazilatlari bolalikdan kurtak yoza boshlaydi. Ayni 
    shu paytda inson qalbiga yaxshilik urug‘i tashlanadi. Bola hayotida tevarak-
    atrofdagi voqyea-hodisalarni his etsada, uni to‘g‘ri tushunishga ojizlik qiladi. 
    Biroq, turli taassurotlar uning xarakterini shakllantiradi. Darhaqiqat, bolalarning 
    tasviriy faoliyatiga razm solsangiz, ularning tevarak-atrofdagi olamni musaffo 
    tuyg‘ulari bilan yorqin va mo‘jizakor bir tarzda ko‘ra olishlarini kuzatamiz. 
    Bolalarda hayotiy tajriba, bilim va ko‘nikma yetarli darajada bo‘lmasada, ular 
    samimiyat va soxtalik, yomonlik va yaxshilikni nihoyatda kuchli his etadilar. Oq 
    qog‘oz yuzasida bola nimanidir tasvirini aks ettiradi va yasaydi hamda o‘zining 
    mehnati mahsulidan estetik zavq oladi. Mehnat, mashg‘ulot, o‘yin, sayr, bayram, 



    Download 6,55 Mb.
    1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   539




    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

    Download 6,55 Mb.
    Pdf ko'rish