“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
467
Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich
Navoiy viloyati XTXQTMOHM direktori,
psixologiya fanlari nomzodi, dotsent
O‘QITISHNING NOAN’ANAVIY METODLARI, O‘QUVCHILARNING
TANQIDIY VA IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
Annotatsiya:
Maqolada noan’anaviy o‘qitish orqali talabalarni majburiy
itoatkorlikdan ongli mas’uliyatlilikka yo‘naltirish jihatlari yoritilgan
Abstract:
The article discusses the aspects of directing students from compulsory
obedience to conscious responsibility through non-traditional teaching.
Yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy
o‘qitish ta’limning samarali modellaridan biri bo‘lib qolmoqda.
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq
o‘qituvchi shaxsiga qaratilran,
mavzuga kirish, uni yoritish, mustahkamlash va
yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.
O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganida, an’anaviy dars
ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir asosiy metodi bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumki, an’anaviy ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. An’anaviy
dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza,
savol-javob, amaliy mashq kabi
metodlardan foydalaniladi. Shu sabab, bu hollarda an’anaviy
dars samaradorligi
ancha past bo‘lib,
talaba
lar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib
qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan
holda, unga turli-tuman o‘quvchilar faoliyatini faollashtiruvchi
metodlar bilan
boyitish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun o‘quv jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan
o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil
rag’batlantirilib
turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib,
ularning mazmunini ochishda bahs, munozara,
aqliy xujum, kichik guruhlarda
ishlash, tadqiqot, rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash,
rang-barang qiziqtiruvchi
misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga
undash, turli baholash
usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan o‘rinli va
vaqtida foydalanish talab etiladi.