“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
524
adekvat bilimlari tarkibini boyitib boradi.
Binobarin, ta’lim-tarbiya jarayonida
o‘quvchining rivojlanish darajasiga mos va uning mantiqiy, intellektual va shaxsiy
o‘sishiga yordam beruvchi mashg’ulotlarni rejalashtirish zarur.
Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi.
Bu nazariyani rossiyalik psixolog
Vigotskiy Lev Semyonovich (1896-1934) ishlab chiqqan. Bu nazariyaga ko‘ra
ta’lim oldinda borishi va bolaning rivojlanishini o‘ziga ergashtirib borishi lozim.
Rivojlanish faqat bola yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirganida xosil bo‘ladi.
Lekin
uni
real
hayotdan
ajralgan
holda
emas,
o‘zida bor bo‘lgan bilimlar asosida o‘zlashtirishi shart. Bu “eng yaqin rivojlanish
sohasi” deb nomlandi hamda pedagogika va psixologiya faniga kirdi.
Eng yaqin rivojlanish sohasi deb L.S.Vgotskiy “yetilish jarayonidagi, ertaga
yetiladigan, hozir paydo bo‘layotgan holatda bo‘lgan funksiyalarni,
ularni
rivojlanish mevasi deb emas, rivojlanish kurtaklari, gullari, ya’ni endigina yetilib
kelayotgan
funksiyalar”ni
tushuntirgan
edi.
Eng yaqin rivojlanish sohasi bola o‘z yoshiga nisbata qiyin masalalarni katta
yoshdagi odamning yordami bo‘lganda yechishi jarayonida aniqlanadi.
Masalan, emaklashni o‘rganib olgan
chaqaloq uchun emaklash u
o‘zlashtirgan ko‘nikma, lekin tik turish va yurish esa,
uning tomonidan endi
o‘rganilayotgan va katta yoshdagilar yordamida o‘rganiladigan ko‘nikma bo‘lib,
bu ko‘nikma bolaning eng yaqin rivojlanish sohasida hisoblanadi. O‘quvchi bilan
muloqotda
uning
qiziqishlaridan
kelib
chiqqan
holda
uning eng yaqin rivojlanish sohasi keng bo‘lgan belgilarni topish va asta-sekin
yangi bilimlar bilan to‘ldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi.
Bunda
bolalarga do‘stlik va o‘zaro xurmatda bo‘lish asosiy shart hisoblanadi.