|
«Использование инновационно-креативных технологий в обучении, практические основы применения нейролингвистического програмирования» Pdf ko'rish
|
bet | 487/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
526
G.T.Yadgarova
Buxoro viloyati XTXQTMOHM “Maktabgacha,
boshlang‘ich va maxsus ta'lim metodikalari”
kafedrasi mudiri ps.f.n., dotsent
JISMONIY BARKAMOLLIK XUSUSIYATLARINI
SHAKLLANTIRISHGA KReATIV YONDASHUV
Annotatsiya:
Maqolada jismoniy barkamollik xususiyatlarini shakllantirishda turli
yosh davrlariga muvofiq jismoniy tarbiyaning samarali uzluksiz tizimini yaratish
masalasi tavsiflangan va uning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati haqida fikr
yuritilgan.
Аннотация:
В статье рассматривается проблема создания эффективной
непрерывной системы физического воспитания в соответствии с различными
возрастными группами при формировании характеристик физической
подготовленности и обсуждается ее актуальность, теоретическая и
практическая значимость.
Annotation:
The article describes the problem of creating an effective continuous
system of physical education in accordance with the different age groups in the
formation of the characteristics of physical fitness and discusses its relevance,
theoretical and practical significance
XXI asr tabiat va jamiyatda jadal ravishda tub o‘zgarishlar, yangiliklar,
islohotlar davri sifatida ijtimoiy-tarixiy taraqiyot solnomasida muhim o‘rin
egalashi shak-shubhasiz. Davlatimiz o‘sib kelayotgan yosh avlodni ruhan va
jismonan sog‘lom va barkamol qilib shakllantirish masalalariga alohida ustvorlik
nuqtai nazardan yondoshayotganligi ularning ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiymatini,
o‘ta dolzarb ekanligi odilona uqtiriyotgani yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buning
negizida sog‘lom, jismoniy, ma'naviy, axloqiy, intelektual barkamol avlod
kelajagimiz poydevori ekanligi to‘g‘risida bashoratbop teran mulohaza
yotganligiga iqror bo‘lamiz. Ularda barkamol avlodni shakllantirishning tarkibiy
qismi jismoniy tarbiya, sport ishlariga barkamollikni shakllantiruvchi omil sifatida
yuksak e'tibor qaratilganligi alohida ahamiyat kasb etadi.. Shuning uchun
yoshlarni sog‘lom, jismoniy jihatdan ham barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan
yangi konsepsiyalar yo‘l yo‘riqlari orqali ularni turli yosh davrlariga muvofiq
samarali va uzluksiz tatbiq etib borish bilan jismoniy barkamollik xususiyatlarni
ro‘yobga chiqarish hozirgi davrda ham dolzarb masalalardandir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
«Использование инновационно-креативных технологий в обучении, практические основы применения нейролингвистического програмирования»
|