|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 495/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
534
-
Uchinchidan, qanday vazifada ishlashidan qat'iy nazar barchaga adolat bilan
munosabatda bo‘lish;
-
To‘rtinchidan, kasbdoshlari va xizmatchilari bilan munosabatda odob axloq
muomalasiga rioya qilish va o‘zini tuta bilish;
-
Beshinchidan, o‘z hatti – xarakatlariga tanqidiy munosabatda bo‘lish.
Yuqoridagi xususiyatlarga rioya qilish rahbarlik faoliyati samaradorligini
oshiradi.
Aytish joizki, boshqaruvchilik qobiliyati sust bo‘lgan rahbar portretidagi
ayrim xususiyatlar quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- bunday rahbar o‘zining yuksak pog‘onaga ko‘tarilishi uchun boshqalarni
qurbon
qilishga intiladi;
-
o‘zidan yuqori turuvchilar oldida laganbardorlik qiladi;
-
qiyin holatlarda o‘zicha mustaqil qaror qabul qilmaydi, balki
yuqoridagilarning fikrini kutadi, shunga asoslanadi;
-
bo‘sh, qobiliyatsiz rahbar hamma vaqt o‘z qo‘l ostida ishlaydigan
odamlarning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaydi, o‘zining bu nuqtai nazarini oqlash
uchun ularning faqat kamchiliklarini ko‘rsatishga harakat qiladi;
-
odamlar bilan munosabatda bo‘lishda boshqalarni o‘z irodasiga
bo‘ysundirishga urinadi;
-
uni tanqid qiluvchilarga, kamchiliklarini ko‘rsatuvchilarga nisbatan
murosasiz bo‘ladi;
-
yangiliklarni qabul qilishdan qochadi, javobgarlikni boshqalar bo‘yniga
qo‘yishga harakat qiladi;
-
tabiiyki, o‘zini tuta bilmaydi, kasbdoshlari va ishchilar bilan muomalada o‘z
xulqini boshqara olmaydi. Natijada, nizoli vaziyatni vujudga keltirib,
ishning samarali bo‘lishiga xalaqit beradi.
Rahbar faoliyatida har tomonlama rag‘batlantirishlarni qo‘llash boshqaruv
samarasini kafolatlaydi. Lekin, rag‘batlantirish shakllari ratsional usulda
qo‘llanilgan taqdirdagina foydali bo‘ladi. Agar xodim bir necha marotaba, bir xil
usulda taqdirlansa, uning samarasi kamayadi, endi uning uchun bu usul faoliyat
mezoni bo‘la olmaydi. Shu sababli rag‘batlantirish shakllarini almashtirib turish
lozim. Bunda quyidagi qoidalarga amal qilish tavsiya etiladi:
1.
Moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish tizimining ko‘rsatmasini ishlab chiqish.
2.
Rag‘batlantirish shartlarini jamoaga yetkazish.
|
| |