|
“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning Pdf ko'rish
|
bet | 518/539 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 6,55 Mb. | | #265996 |
Bog'liq Maqola 3 (207-211-bet)“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
561
Odatda psixologik iqlim deganda emotsional psixologik kayfiyat ham
tushuniladi va u jamoa yoki guruh ishtirokchilarining qadr qimat orentatsiyasi va
axloqiy normalarga va qiziqishlar asosida tarkib topgan o‘zaro munosabatlarning
hissiy emotsional xolatlarida ifodalanadi.
O‘zaro munosabatlar, muomala jarayonlari o‘zaro ta'sirning 4 ko‘rinishda amalga
oshirilishi mumkin:
1.Ishontirish- bu ma'lum bir fikr mulohaza, tafakkur mahsulini mantiqiy asoslash
jarayonidir. Ishontirish odatda shaxsning ratsional va emotsional tomonlarini
qamrab oladi. Ishontirish jarayoni ochiq va latent o‘zaro bir fikrga kelishdagi
iztiroblarda o‘z ifodasini topadi.
2.Psixologik yuqtirish odatda psixik holatlarni (kayfiyat, iztirob, kechinma) idrok
qilishda o‘z ifodasini topadi. O‘smirlar psixologik yuqtirishga ko‘proq moyil
bo‘lishadi.
3.Taqlid psixologik yuqtirishning bir ko‘rinishi sifatida boshqalarning psixik
xususiyatlari, hatti harakatlari, qiliqlarini takrorlash ko‘chirish orqali omalga
oshiriladi.
4.Qarshiliksiz ta'sir (vnushenie) bir insonning boshqasiga ta'sirining shunday
ko‘rinishidirki, bunda ta'sirni qabul qiluvchi qarshiliksiz boshqaning so‘zlarida
ifodalangan fikri va irodasining anglangan va anglanmagan ta'siri ostida bo‘lishi
yuz beradi. Shunday qilib qarshliksiz ta'sirning asosiy sharti bir tomondan ta'sir
qiluvchining salohiyati va ikkinchi tomondan unga bo‘lgan ishonuvchanlik bo‘lsada
u ongostlik jarayonlarining bilvosita yoki bevosita ro‘yobga chiqishida ifodalanadi.
Qarshiliksiz ta'sir boshqa kishi tomonidan va o‘z-o‘ziga nisbatan ham amalga
oshirilishi mumkin. Qarshiliksiz ta'sir odatda “ko‘rsatma”(ustanovka)likka
asoslanadi. Bu ta'sirni namoyon bo‘lishi ta'sir doiraga tushuvchi kishining yosh
davrlariga intellektual salohiyati, qadr qimat orientatsiyasi darajasiga e'tiqod va
dunyoqarashlari kabi shaxs tarkibi xususiyatlariga bog‘liqdir. Aytish joizki, bu ta'sir
boshlang‘ich ta'lim jarayonida bolalarda ancha kuchli bo‘ladi. Chunki bu yoshda
bolalar ong ostlik zachirasida kattalarga nisbatan blokada qiluvchi invariant
dasturlar nisbatan ancha kam bo‘ladi.
Demak, real muomala va insoniy munosabatlar asosan ishonch, taqlid,
yuqtirish va qarshiliksiz ta'sirlar zamirida ro‘yobga chiqar ekan, aytish joizki ularni
ro‘yobga chiqishida anglanmaganlik aktlari (ongsizlik, ongostlik,) katta rol
o‘ynashi shubhasizdir. Insonning bir- biriga o‘zaro ta'siri asosida ularning o‘zaro
bir -biriga bog‘liqlik darajasi yotadi. Chunki o‘zaro kontakt mobaynida insonda
psixologik jarayonlar ro‘y berishi ular o‘zi bilan o‘zi alohida bo‘lgandagidan
mutloq farq qiladi. Shu o‘rinda ta'kidlash joizki, pedagogik muomala va muloqot
|
| |