“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
560
A.Ne'matov
BVXTXQTMOHM “Pedagogika va psixologiya,
ta'lim texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
IJTIMOIY –PSIXOLOIK IQLIMNING BOLA (O‘QUVCHI)DA
BARKAMOLLIK XUSUSIYATLARINING SHAKLLANISHIDAGI
AHAMIYATI
Annotatsiya:
Psixologik iqlim deganda emotsional psixologik kayfiyat ham
tushuniladi va u jamoa yoki guruh ishtirokchilarining qadr qimat orentatsiyasi va
axloqiy normalarga va qiziqishlar asosida tarkib topgan o‘zaro munosabatlarning
hissiy emotsional xolatlarida ifodalanadi. Psixologik iqlim
o‘quvchida barkamollik
xususiyatlarining shakllanishidagi asosiy omil hisoblanadi
Аннотация:
Психологический климат также
понимается как эмоционально-
психологический настрой, и он выражается в эмоциональном состоянии
взаимоотношений команды или группы участников, основанных на
ценностной ориентации и этических нормах и интересах.
Annotation:
Psychological climate is also understood
as emotional psychological
mood, and it is expressed in the emotional state of the relationship of a team or
group of participants based on value orientation and ethical norms and interests.
Aytish joizki jamoaning(guruhning) psixologik iqlimi ta'siri natijasi jamoa
(gurux) a'zosi (bola, o‘quvchi)ning o‘zini o‘zi his qilishida ifodalanadi. Bu o‘z
navbatida o‘zining sa'i-xarakat va faoliyatidan unga nisbatan vujudga kelgan
muomala va munosabatdan ximoyalanganligining nechog‘lik kafolatlanganligidan
va qoniqishi orqali ichki va tashqi psixik muvozanatga erishishida ifodalanadi.
Bular uning emotsional xissiy qoniqishini belgilaydi.
Tadkikotlar shuni ta'kidlaydiki fakatgina ijobiy yuqori darajadagi psixologik
iqlimgina inson shaxsini boshqalar (gurux, jamoa) ta'sirida
barkamol bulib
shakllanishida qudratli vosita sifatida xizmat qila oladi. Psixologik iqlim ikkita
bosh omil jamiyatning ijitmoiy psixologik holati va mikroijtimoiy shart-sharoitlar
ostida ro‘yobga chiqadi.
Jamiyatning ijtimoiy-psixologik holati (sharoiti) insonga nisbatan muomala
munosabat, qadriyat va qonunlarda
belgilangan talablar, imkoniyatlar sharoitlarda
o‘z ifodasini topgan bo‘lsa, mikroijtimoiy sharoitlar guruh yoki jamoada huquqiy
status, mehnat taqsimoti,
ekologik sharoit, qaysi yosh davri yoki jinsga ta'luqlilik
bilan muomala, o‘zaro munosabatlarning shakllanishida o‘z ifodasini topadi.