“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
96
to’qnashuvida vujudga kelgan majmuali muammolar yechimiga qaratilgan
faoliyatdir”,-deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov[56.]. Innovatsion faoliyatda
amaliyot va nazariyaning muhim qismi, ijtimoiy-madaniy ob’yekt sifatlarini
yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub’yektlarning harakat tizimi, u ma’lum
doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi
muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo’lishidir.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasini o’quv jarayonini
samarali tashqil etishdan iboratligidir.
Talabalarni innovatsion faoliyatga
- tayyorlashdan maqsad-o’qituvchining
yangilikka intiluvchanligidir, o’z ustida mustaqil ishlash ko’nikmasi va malakasini
shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanish,
dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarni olib borish malaka tajribalarini
takomillashtirishdan iborat. Innovatsion faoliyat asosida ilmiy izlanishlar,
ishlanmalar yaratish, tajriba ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika
yutuqlaridan foydalanilgan holda yangi texnologik jarayonlarni, yangi
takomillashtirilgan mashg’ulot yaratishni ifodalaydi. Mazmun-mohiyatidan amalda
yangi texnologiyaning shakllanishini ifodalovchi innovatsion faoliyatning natijasi
innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi loyihaga, loyihani texnologiyaga
aylantirishdan iboratdir.