“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr
101
T.Avezov
БВХТХҚТМОҲМ “Аниқ ва табиий фанларни ўқитиш
методикалари” кафедраси ўқитувчиси
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA AKTDAN FOYDALANISHNING
PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya:
Yangi ijtimoiy talablar o‘quvchilarni umummadaniy, shaxsiy va
idroklari rivojlanishi kabi ta’lim maqsadlarini belgilab bermoqda. O‘quvchilarning
faqatgina fanlar aniq bilim va malakalarini o‘zlashtiribgina qolmay,
balki
«o‘qishga o‘rgatish» malakasini ta’minlovchi «universal o‘quv harakatlari»
to‘plamini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifasi hisoblanadi.
Aytish joizki boshlang’ich ta’limda kichik yoshdagi o‘quvchilarning
diqqatlari mustahkam emas, ular ko‘pincha diqqatlarini bir faoliyat turidan
ikkinchisiga qaratishni bilmaydilar. Biroq o‘quvchining o‘ziga doskada har qanday
obyektni,
geometrik shakllar, yozuvlarni bajarish, rangi, kattaligi,
shaklini
o‘zgartirish imkoniyati berilganda diqqati kuchayadi. Masalan, matematika darsida
kompyuter vositalari, interfaol doskadan foydalanilishi bilan bolalarning
qiziqishlari ortishi kuzatiladi va shu bilan birga, darsning jadalligi oshadi. Barcha
o‘quvchilar dars jarayoniga jalb qilinadilar. Material hajmining ko‘rligi
bolalarni
qiynamaydi, balki faoliyat o‘yin shakli metodikasi bo‘yicha faol o‘qishga imkon
beradi. Bu juda muhim omil, chunki olti–to‘qqiz yoshli bolaning faol faoliyat turi
o‘yin hisoblanadi. Interfaol doska — matematika faniga o‘qitish
jarayonini
ko‘rgazmali, yorqin, chaqqon qiluvchi juda qulay uskunadir. Ta’lim jarayonini
jadallashtirish boshlang‘ich maktab o‘quvchilari uchun muhim hisoblanadi.
Uskunalar bilan jihozlangan kabinetda o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun ham
ishlash qiziqarli. Hozirgi zamonaviy jamiyatda sodir bo‘layotgan axborotlashtirish
jarayonlari ta’lim tizimini jadal takomillashtirishni, davlat, ijtimoiy va shaxsiy
ehtiyojlar hamda manfaatlarini hisobga oluvchi ta’lim
maqsadlarini aniqlashni
talab qilmoqda. Shu sababli yangi ta’lim standartlarining rivojlantiruvchi
imkoniyatlarini ta’minlash ustivor yo‘nalish bo‘lib qolmoqda. Yangi ijtimoiy
talablar o‘quvchilarni umummadaniy, shaxsiy va idroklari rivojlanishi kabi ta’lim
maqsadlarini belgilab bermoqda. O‘quvchilarning faqatgina
fanlar aniq bilim va
malakalarini o‘zlashtiribgina qolmay, balki «o‘qishga o‘rgatish» malakasini
ta’minlovchi «universal o‘quv harakatlari» to‘plamini shakllantirish zamonaviy
ta’lim tizimining muhim vazifasi hisoblanadi.