“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/539
Sana27.06.2024
Hajmi6,55 Mb.
#265996
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   539
Bog'liq
Maqola 3 (207-211-bet)

“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning 
amaliy asoslari” mavzusidagi xalqaro konferentsiya 2021-yil, 27-dekabr

 
 
102 
Ахborot-kommunikatsiya texnologiyalar (AKT) — foydalanuvchi 
manfaatlari yo‘lida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash, tarqatish va 
foydalanish maqsadlarida birlashtirilgan metodlar, ishlab chiqarish jarayonlari va 
dasturiy-texnik vositalar to‘plamidan iboratdir. 
Bir qator olimlarning ta’kidlashicha ta’lim sohasida qo‘llaniladigan AKT 
vositalaridan foydalanish quyidagi masalalarni amalga oshirishni o‘z maqsadi qilib 
qo‘yishi kerak: o‘quvchilarning fikrlashlari tizimliligini ta’minlash va 
rivojlantirish; bilim olish, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish hamda 
mustahkamlashda o‘quvchining idrok etish faoliyati barcha turlarini qo‘llab-
quvvatlash; ta’lim jarayoni yaxlitligini saqlab qolgan holda o‘quv jarayonini 
individuallashtirish tamoyilini amalga oshirish. 
AKT ta’lim vositalarini qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlarga ajratish 
mumkin: 
1. Hal qilinadigan pedagogik masalalari bo‘yicha: 
• tayanch tayyorgarlikni ta’minlovchi vositalar (elektron darsliklar, ta’lim 
tizimlari, bilimlarini nazorat qilish tizimlari); 
• amaliy tayyorgarlik vositalari (masalalr to‘plamlari, praktikumlar, virtual 
konstruktorlar, imitatsion modellashtirish dasturlari, trenajyorlar); 
• yordamchi vositalar (ensiklopediyalar, lug‘atlar, adabiyotlar, rivojlantiruvchi 
kompyuter o‘yinlari, multimediyali o‘quv mashg‘ulotlari); 
• kompleks vositalar (masofali o‘quv kurslari). 
2. Ta’lim jarayonini tashkil qilish funksiyalari bo‘yicha: 
• axborot-ta’lim (elektron kutubxonalar, elektron kitoblar, elektron davriy 
nashrlar, lug‘atlar, o‘quv kompyuter dasturlari, axborot tizimlari); 
• interfaol (elektron pochta); 
• izlanish (kataloglar, izlash tizimlari). 
AKT turli ta’lim vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanish bir necha 
jihatlarini ko‘rsatish mumkin: 
1. Motivatsion jihati. AKT’ni qo‘llash o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirishga va 
ijobiy motivatsiyasini shakllantirishga yordam beradi, chunki o‘quvchilarning 
individual ta’lim imkoniyatlarini va ehtiyojlarini maksimal hisobga olish, o‘quv 
mashg‘ulotlari mazmuni, shakllarini tanlash keng imkoniyatlari, o‘quvchilarning 
ijodiy imkoniyatlarini ochib berish, o‘quvchilarnin zamonaviy axborot 
texnologiyalarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi. 
2. Mazmunli jihati. AKT imkoniyatlaridan interfaol jadvallarni, plakatlar va o‘quv 
fani alohida mavzulari va bo‘limlari bo‘yicha boshqa raqamli o‘quv resurslarini, 
individual testlar mini-darslarini yaratishda foydalanilishi mumkin. 



Download 6,55 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   539




Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Ta’limda innovativ-kreativ texnologiyalarning qo’llanilishi, neyrolingvistik dasturlashning

Download 6,55 Mb.
Pdf ko'rish