76
Naycha uchining siljish yo‟nalishini ko‟rsatuvchi τ burchak quyidagicha
ta„riflanadi:
J
J
J
arctg
sin
cos
1
(11.30)
Naycha
ichidagi
ortiqcha
bosim
oshirilganda elliptik yoki yassi oval kesim
doiraviy kesimga yaqinlashadi, ya„ni ellips
yoki ovalning kichik o‟qi
kattalashib, katta
o‟qi kichiklashadi va naycha teskari
yo‟nalishda buriladi. Naychada siyraklanish
hosil bo‟lganda u buriladi.
Naycha tavsiflari
va erkin uchining siljish kattaligi bir qator
omillarga bog‟liq, ulardan eng muhimlari:
naycha o‟qlarining nisbati, devorlarining
qalinligi, materialning elastiklik moduli va
naycha yoyining egilish radiusidir.
11.6-rasmda
bir
o‟ramli
prujinali
umumiy ishlab chiqarish manometrlarining
kinematik
chizmasi
keltirilgan.
Bosim
o‟zgarishi natijasida prujina 3 uchining siljishi tortqi 5 orqali o‟q 6 aylanayotgan
sektor 1 ga uzatiladi. Sektorning burchakli siljishi tishli ilashma yordamida tribka 2
ning aylanishiga olib keladi. Tribkaning o‟qiga ko‟rsatuvchi strelka 4 biriktirilgan.
Yuqori bosimli (98 mN/m
2
dan oshiq) manometrlarda doiraviy kesimli po‟lat
naychalar ishlatiladi. Naychaning bo‟sh uchida siljish uncha katta bo‟lmagan sababli,
ko‟pincha, ko‟p o‟ramli naychasimon prujinalar ishlatiladi. Ko‟p o‟ramli (gelikoidal)
naychasimon prujinali manometrlarning ishlovchi organi olti – tuqqiz o‟ramli yassi
naychadan hosil qilingan silindrik spiral shakliga ega.
11.7-rasm. Gelikoidal naychasimon prujinali manometrlar o‟ziyozar va
ko‟rsatishlarni masofaga uzatuvchi bo‟ladi. Bu manometrlarning tuzilishi 11.7-
rasmda ko‟rsatilgan. Shtutser 2 ga ga ko‟rsatilgan (o‟lchanayotgan) bosim kapillyar
naycha 1 orqali gelikoidal prujina 5 ga ta„sir qiladi.
Prujinaning bir uchi asbob
korpusiga biriktirilgan burchakli lineykaga, ikkinchisi esa o‟q 6 bilan ulangan. Bosim
ko‟tarilishi bilan prujinaning erkin uchi suriladi va o‟q 6 ni aylantiradi. O‟qning
aylanishi richag 7 va tortqi 10 orqali richag 4 ga uzatiladi hamda strelka 3 ni siljitadi.
Shunday qilib, bosimning o‟zgarishi uchiga pero 7 biriktirilgan strelka 3 ni
proporsional burchakka buradi. Pero ko‟rsatishlarni diagrammali qog‟oz 12 ga
yozadi. Qog‟oz soat mexanizmi va elektr yuritgich orqali strelka 3 ni u yoki bu
tomonga surish mumkin.
Naychasimon prujinali manometrlar ko‟rsatishlarni hisoblash, yozish,
signalizatsiya qilish va ko‟rsatishlarni masofaga uzatish mo‟ljallangan.