Issn – 2181-4201 ta’lim




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

«Hikoyaning qaysi 
o‘rni sizga yoqdi?», «Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?», «Hikoya o‘qilganda siz 
qaysi o‘rinda juda xursand bo‘ldingiz?» 
kabi va hok. Kirish suhbati, birinchidan, asarning 
o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish, ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga 
qiziqtirish, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko‘zda tutadi. 
2.
Yaxshi o‘qiydigan o‘quvchiga o‘qitish. O‘quvchining oldindan o‘qituvchi o‘qish yo‘llari 
bilan tanishtiradi va uning o‘qilishini o‘zi kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. Shundan 
so‘ng tayyorlangan o‘quvchi sinf jamoasiga o‘qib beradi. 
3.
Og‘zaki qayta hikoyalab, so‘zlab berish. Bu o‘qituvchidan alohida tayyorgarlikni talab 
etadi. Chunki asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to‘liq saqlagan holda hikoyalash 
zarur, aks holda o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishi susayadi. 
Abu Ali ibn Sino – ma’rifatpar alloma 


4.
Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib berish orqali tanishtirilsa
o‘quvchi o‘qituvchining mahoratini yuqori baholaydi. O‘zida ham yod olishga qiziqish paydo 
bo‘ladi. 
5.
Asarning muhim dialogli o‘rinlarini yoki butun asarni sahnalashtirish orqali tanishtirish. 
6.
Asarning bir qismini (muammoli o‘rnini) o‘qituvchining o‘qib berishi, qolgan qismini 
o‘quvchilarning ichda mustaqil o‘qishi. 
7.
Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish. 
8.
Asarni musiqa sadolari ostida o‘qib berish. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi, 
o‘quvchilarning estetik didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi. 
Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning o‘ziga 
xos usullarini tanlash lozim. 

Download 1,51 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish