• Ayilday botdi
  • O‘qituvchi
  • − ekskursiya
  • Issn – 2181-4201 ta’lim




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    Og‘zing ochilib qolsin – hayron bo‘lib qolgin 
    Qolipdan chiqqan g‘ishtdek – hamma tomoni birdek tekis 
    Loqayd – befarq 
    Kashfiyot – izlanishlar natijasida yaratilgan narsa; ixtiro 
    Ayilday botdi – qattiq tegdi, ranjitdi 
    Pisanda qilmoq – oldindan biror shart qo‘ymoq; ta’kidlamoq. 
    Tayyorgarlik ishlarining ta’limiy shakllari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchi asar mazmuni va 
    sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida ma’lumot berish maqsad 
    qilingan bo‘lsa, avvalo, o‘quvchilarning o‘zlaridan ular haqida bilganlari so‘rab aniqlanadi. Masalan, 
    “Kitobga ixlos” asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning dastlabki bilimlari quyidagicha 
    aniqlanadi: 
    O‘qituvchi: 
    − Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro 
    shahriga bo‘ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro darvozalari ochilishi uchun bir necha 
    tilsimlarni echishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlarni bajarib, 
    shohsupaga ko‘tarilishi zarur. 
    1-
     
    guruh uchun savol-topshiriqlar: 
    1.
    Tarixda yashagan buyuk olimlar, shoirlar, yozuvchilar, sarkardalardan kimlarni bilasiz? 
    2.
    Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan? 
    3.
    Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting. 
    2-
     
    guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikala guruh uchun shu 
    savol-topshiriqlar berilib, “Kim oldin shohsupaga etib boradi?” sharti qo‘yiladi. 
    Xattaxtaga buyuk shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yiladi. 
    Tayyorgarlik shakllaridan biri 
    − ekskursiya
    dir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag‘ishlangan 
    yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar 
    o‘rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda “Issiqxonada”, 2-sinfda “Metropoliten” 
    kabi mavzularni o‘rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya 
    o‘quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o‘zlashtirishlariga yordam beradi, 


    bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko‘nikmalarini 
    shakllantiradi. 
    Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg‘otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini 
    tarbiyalaydi. 
    Ishlab chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy 
    voqealarning to‘g‘ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o‘quvchida 
    mehnatga muhabbat uyg‘otadi, kasbga yo‘naltiradi. 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish