«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa»




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa» 
masallarida ham badiiy til vositalari mavjud. 
Xususan, ularda 
«O‘g‘irlik mol aylar jonsarak», «Bola ko‘nglin ko‘tarar», «Kosang joningga 
huzur», «Senga qalqon usti-bosh», «Parcha go‘sht bo‘lib yurar», «Jish Toshbaqa» 
kabi ibora, 
birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida ishlashda 
“Bunday majorolar qachon va kimlar orasida 
bo‘lib o‘tishi mumkin?”, “Ularga hayotdan misollar keltiring” 
kabi topshiriqlar berish, ulardagi 
ma’noni boshqacha yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish 
katta ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: 
«Bola ko‘nglin ko‘tarar» - 
Bolasiga yaxshi gaplar 
gapirar, 
«Kosang joningga huzur» - 
Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi» kabi. 
Boshlang‘ich sinflarda adabiy tushunchalar va badiiy vositalar ustida ishlash o‘quvchilarning 
ijodiy tafakkurini o‘stirishga, ularda jonlantirish, o‘xshatish, mubolag‘a kabi adabiy tushunchalar 
yuzasidan dastlabki tasavvur hosil qilishga yordam beradi. 
O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan nazariy qoidalarga 
asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi badiiy asarning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning matnni idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur. 
O‘qish ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga 
javob berib bo‘lmaydi. Negaki, matn tagzaminidagi tarbiyaviy g‘oya uni tushunish, idrok qilish 


natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi 
yashirin mazmun-mohiyatni anglab etilganda o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etishi mumkin. Bunga 
adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali 
erishiladi. 
Asar tahlili jarayonida o‘qituvchi savollariga o‘quvchilarning o‘z so‘zlari bilan javob berishi 
ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-
harakatlarini to‘g‘ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz 
bo‘lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil berilishi o‘quvchilarning o‘qilgan matn mohiyatini chuqur 
anglab etishlariga imkon yaratadi, chunki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. 
Ta’kidlash joizki, o‘quvchilarning o‘zlarini ham savol tuzishga o‘rgatish lozim. K. D. 
Ushinskiy qayd etganidek, to‘g‘ri qo‘yilgan masalaning o‘zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol 
tuzishda o‘quvchining dars mavzusi bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor berishi asarda tasvirlangan 
voqea-hodisalar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo‘l 
ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o‘quvchini ongli va tushunib o‘qishga 
yo‘llaydi. 
O’qish kitoblarida turli janrdagi badiiy asarlar va ilmiy-ommabop maqolalar berilgan. Istalgan 
asarning ob’ektiv mazmuni butun borliq, mavjudot, uning turli tomonlari, dalillar va ularning bir-
biriga ta’siri hisoblanadi. Badiiy asarda hayot obrazlar orqali tasvirlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, 
badiiy asar arkazida inson, uning jamiyat va tabiatga munosabati turadi.
Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va sub’ektiv 
bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga 
ega. 
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda 
tasvirlangan voqealarga munosabati o’qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar voqelikni 
obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar. 
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning 
uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgai taqdirdagina matnni to’g‘ri o’qish, 
qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy 
baholash mumkin. Buni boshlang‘ich sinflarga tatbiq etganda, avvalo, bolalarni asarda 
tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o’quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti- 
harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o’stirish zarur. 
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda 
tanishtirish maqsadga muvofiq. 
To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g‘oyaviy yo’nalishini 
tushunishga o’rgatish muhimdir, bu asarni to’g‘ri idrok etish uchun, matn ustida ishlash 
ko’nikmasini, o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda 
tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga o’z 
munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq dalillar 
asosida yaratilgan badiiy asarning g‘oyaviy mag‘zini tashkil etadi. Asarning g‘oyaviy yo’nalishi 
yozuvchining dunyoqarashiga bog‘liq. Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o’quvchiga ta’sir kuchi uning 
g‘oyaviy yo’nalishiga bog‘liq. 
Badiiy asar ustida ishlashni to’g‘ri tashkil qplish uchun shakl va mazmun birligi haqidagi 
qoida ham e’tiborga olinadi. 
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o‘qituvchi badiiy 
asarning san’at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini 
nazarda tutadi. 


Badiiy asarda barcha qismlar (g‘oyaviy asos, kompozistiya, syujet, tasviriy vositalar) o‘zaro 
bog‘liq bo‘ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu 
xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab etadi. 
O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini 
shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish 
muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga 
munosabat uyg‘otadi. Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum maqsadga 
yo‘naltirishni taqozo qiladi. 
«Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani 
yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga 
nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. 
O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g‘oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga erishmay 
turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi»
1

O‘quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning 
poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar zamiridagi 
ma’noni chuqur o‘rganishga yordam beradi. 
O‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: 
1.
Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi. 
2.
Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi. 
3.
Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi. 
4.
Asarni qanday metodlar asosida o‘rganishni aniqlashi. 
5.
O‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olishi. 
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi: 

Download 1,51 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Chumoli va Tipratikan», «O‘jar toshbaqa»

Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish