Kirish qismi
. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish
konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini
boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-5538-son
Farmoni ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy qoidalarda mavjud darsliklarning eskirganligi,
yangi avlod darsliklarini yaratish lozimligi borasida ko‘rsatma berilgan. Darsliklarni yaratish
tizimida xilma-xillikning yo‘qligi ularni yaratish va nashr qilishni monopollashtirishga omil bo‘lib
qolayotganligi aytiladi. Davlat ta’lim standartlari kompetensiyaviy yondashuvga asoslanganligiga
qaramasdan, o‘qitish
va baholash metodlari, shuningdek darsliklar va boshqa o‘quv materiallarini
asosan axborotni yodlash va bayon qilishga qaratilgan bo‘lib, tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil
izlash va tahlil qilish ko‘nikmalari va boshqa malakalarni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotganligi
ta’kidlab o‘tiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib xalqaro baholash reytingida jahonning birinchi
30 ta ilgʻor mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini
baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida oʻquvchilarning oʻqish, matematika
va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan ta’lim sifatini
baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan Biz raqamli texnologiyalar asrida, taʼlim
karyerada muvaffaqiyat qozonishning, turmush farovonligini oshirishning bosh omiliga aylangan
davrda yashayapmiz. Zamonaviy taʼlim bizning nafaqat bilim va koʻnikmalarimizni
belgilab
beruvchi mezon, balki bizning dunyoqarashimizni, bizning dunyo taraqqiyotiga qoʻshadigan
hissamizni ham aks ettiruvchi muhim qadriyatdir. Hozirgi kunga qadar adabiy ta`lim ona tili o`qitish
metodikasining tarkibida o`rganilib kelinayotgan edi.