Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar
. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish 
metodikasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar 
hisobga olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, 
bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emostional-estetik his etish ham kiradi. 
Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina etarli emas. Asarni idrok etish 
murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga 
kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy 
qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy 
qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan: 
1.
Adabiy qahramonga emostional munosabat. 
2.
Elementar tahlil qilish. 
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy 
tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda 
chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik 
tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z 
boyliklari etishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga 
personajlarning axloqiy, intellektual, emostional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan 
iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi yoritish shartlaridan biri hisoblanadi. 
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. 
Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi kerakligini bilish muhimdir. 
Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy sifatlari ustida qo‘proq ishlash lozim. 
4-sinfda 

Download 1,51 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadqiqot obyekti va qo‘llanilgan metodlar

Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish