Issn – 2181-4201 ta’lim




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

«Qodir bilan Sobir» 
hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini ochishda tanlab o‘qish 
asosida tarmoqlash usulidan foydalanilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilarga bergan savollariga 
javobni xattaxtada tarmoqlash usulida yoritib boradi. Masalan, 
«Qodir qanday bola?», «Qodirning 
maqtanchoqligi tasvirlangan o‘rinni topib o‘qing», «Qodirning qo‘rqoqligi ifodalangan o‘rinni 
topib o‘qing», «Qodirning yolg‘on gapini Sobir qanday to‘g‘riladi? Shu o‘rinni topib o‘qing», 
«Qodirning zo‘ravonligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing. O‘qigan qismlaringiz asosida 
Qodirning xususiyatlarini isbotlab bering» 
kabi savollar asosida quyidagicha jadval hosil bo‘ladi. 


Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar umumiy 
rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish 
mazmuni va o‘qitish metodlariga o‘zgartirish kiritishni talab etmoqda.
Badiiy asarnn tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari 
kamaytirildi, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradigan 
mashqlar ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi, asar 
g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-
xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan 
ko‘proq foydalanila boshlandi va h. k. 
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda 
shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi, shuningdek, 1-4-sinflarda o‘qish 
malakasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi. XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va 
metodik apparati jihatidan hayotga yaqinlashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi. 
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999 yil boshlang‘ich 
ta’limning ham “Davlat ta’lim standarti” yaratildi, o‘quv dasturlari yangilandi. 2005 yil tajriba-sinov 
natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, “O‘qish 
kitobi” darsliklari ham yangilandi. 
O‘zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzaeva, M. S. Vasileva, V. G. 
Gorestkiy, K. T. Golenkina, L. A, Gorbushina, M. I. Omorokova, E. A. Nikitina, N. S. 
Rojdestvenskiylar, o‘zbek olimlaridan A.Zunnunov, K.Qosimova, Q.Abdullaeva, S.Matchonov, 
M.Yusupov, M. Umarova, X.G‘ulomovalar ishlab chiqqan takomillashgan sinfda o‘qish 
metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda. 
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 
1.
Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish 
bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini 
takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi). 
2.
Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, syujet chizig‘i, kompozistiyasi va 
tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilarning shaxs sifatida umumiy kamol topishiga 
yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va 
faollashishi)ni ta’minlaydi. 
3.
O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi 
va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 
4.
Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi 
bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi 
sifatida qaraladi. 


Asarni tahlil qilishda hisobga olish zarur bo‘lgan muhim omillardan biri uning o‘quvchilarga

Download 1,51 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish