• Uchinchi bosqich
  • Issn – 2181-4201 ta’lim




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/109
    Sana28.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #266161
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
    Bog'liq
    talim transformatsiyasi

    Birinchi bosqich (birinchi sintez). 
    Bu bosqichning asosiy vazifasi matnni yaxlit idrok etish 
    asosida asarning aniq mazmuni va tasviriy ifoda vositalari bilan tanishtirishdan iborat. 
    Ikkinchi bosqich (analiz). 
    Bu bosqichning vazifasi va ish mazmuni voqealar rivojining 
    bog‘lanishini belgilash, ishtirok etuvchi shaxslarning xulq-atvori va ularning asosiy xususiyatlarini 
    aniqlash (nega shunday qildi va bu uning qanday xususiyatini ochadi), asar kompozistiyasini ochish 
    (tugun, kulminastion nuqta, echim), asarning aniq mazmunini tasviriy vositalar bilan birga tahlil 
    qilish va qahramonlar xulq-atvorini baholash (muallif nimani tasvirlagani, qanday tasvirlagani, nima 
    uchun u yoki bu dalilni tanlagani)dan iborat. 
    Uchinchi bosqich (ikkinchi sintez). 
    Bu bosqichning ish mazmuni ishtirok etuvchi 
    shaxslarning muhim xususiyatlarini umumlashtirish, qahramonlarni taqqoslash va baholash
    asarning g‘oyasini aniqlash, badiiy asarni hayotni bilish manbai va san’at asari sifatida baholash 
    (qanday ma’lumotlarga ega bo‘ldik, asar nimaga o‘rgatadi, muallif o‘z fikri va taassurotlarini 
    qanday qilib aniq, ravshan va ta’sirli tarzda etkazadi va hokazo)dan iboratdir. 
    Ikkinchi sintezdan so‘ng o‘qilgan asarga bog‘liq holda ijodiy xarakterdagi ishlar o‘tkaziladi. 
    Asar maqsadga muvofiq tahlil qilinsa, o‘quvchilar faolligi ortadi, chunki asarni tahlil qilish ular 
    uchun ijodiy jarayondir. 
    Asarni o‘qishga kirishishdan oldin o‘quvchilarni badiiy asarni o‘qishga tayyorlash lozim 
    bo‘ladi. Chunki o‘quvchilar asar mazmunini to‘g‘ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum 
    tasavvurga ega bo‘lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi. 
    Ma’lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O‘quvchilarni matn 
    bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi. 
    Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o‘quvchilarni asarda 
    tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko‘p ma’noli 
    so‘zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Agar 


    asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish muvaffaqiyatini 
    ta’minlashga xizmat qiladi. 
    Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda 
    o‘quvchilarning faolligini oshiradi: 
    1.
     
    Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o‘ylaysiz? 
    2.
     
    Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma’qullaysiz? Qaysi birining 
    fe’l-atvori, o‘zini tutishi sizga yoqmadi? 
    3.
     
    Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz? 
    Tayyorgarlik ishlarining vazifalari quyidagilar: 
    1.
    O‘quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, 
    matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan 
    dalillarni o‘quvchilarning o‘z hayotida kuzatganlari bilan bog‘lay olishlariga sharoit yaratish. 
    2.
     
    Yozuvchining hayoti va ijodiga qiziqish uyg‘otish. 
    Masalan, 
    4-sinfda Zafar Diyorning 
    hayoti va ijodi haqida quyidagicha ma’lumotlar berish mumkin: 
    Zafar Diyor Namangan 
    viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Ota-onasi dehqon bo‘lgan. Ular kambag‘allikda kun 
    kechirishgan. Zafar Diyor to‘rt yoshga to‘lganda uning oilasi Toshkentga ko‘chib keladi. Onasi 
    bosmaxonada ishlaydi. Shoirning o‘zi esa eski maktabda o‘qiydi. Keyinchalik Toshkentdagi 7- 
    bolalar uyida tarbiyalanadi. Shoirning birinchi she’rlar to‘plami 21 yoshida bosilib chiqadi. 
    3.
    O‘quvchilarni asarni hissiy idrok etishga tayyorlash. 
    4.
    Asar mazmunini tushunishga xalal beradigan so‘zlarning lug‘aviy ma’nolarini 
    tushuntirish. 
    Masalan, 
    4-sinf “O‘qish kitobi”dagi “Xarita” matni ustida ishlaganda so‘z va iboralar 
    lug‘ati quyidagicha bo‘lishi mumkin: 

    Download 1,51 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish