|
Issn – 2181-4201 ta’limBog'liq talim transformatsiyasihissiy ta’siri
dir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif hayajonlangan
voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr ko‘zg‘atishi, hayotiy
tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida
asarning estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi.
O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, yozuvchining
hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar yaratganini aniqlay
olish, mustaqil o‘qish va asarni tahlil qilish malakasini hosil qiladi. O‘quvchilar adabiy ma’lumotlarni
o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini anglab ola boshlaydilar.
O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy tushunchalarni
shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar adabiy tushunchalarni o‘rganish natijasida
badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.
Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish,
mubolag‘a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar
bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni
ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi,
o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib
o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir syujetliligi va xalq tiliga
yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida ahamiyat berish zarur.
Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydalanilgan. O‘quvchilarga ularni
izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga
o‘rgatish zarur.
Asar o‘qib bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma’nosi matndan,
asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko‘chma ma’noli
so‘zlardan ko‘p foydalaniladi. Ular bolalarga masal mazmunini tushunishga xalal bergani uchun
ayrim ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlar asarni o‘qishdan oldin tushuntiriladi.
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan,
«Ayoz bobo novvot
sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi»
topishmog‘ida o‘xshatish,
«Chiq-chiq» ishlab tolmaydi, tunda
uxlab qolmaydi»
topishmog‘ida jonlantirish qo‘llangan.
|
| |