|
Issn – 2181-4201 ta’limBog'liq talim transformatsiyasiFilm namoyish qilish.
Tarixiy materiallarni, asar muallifi hayotini o‘rganishdan oldin film
namoyish qilinsa, o‘quvchilarning asarni idrok qilishlari faollashadi. Masalan, 2-sinfda “Gulzorda”
hikoyasini o‘qishda ”Mehrobdan chayon” filmidan parcha ko‘rsatilishi, 3-4-sinflarda Ibn Sino
haqidagi asarlarni o‘rganishda ”Ulug‘bek xazinasi”, Alisher Navoiy haqidagi asarlar bilan
tanishtirishda “Alisher Navoiy” filmi namoyish etilishi mumkin.
Kinofilm va diafilmlardan o‘quvchilarni asarni o‘qishga tayyorlash davrida foydalaniladi.
Ular o‘quvchilarning tasavvur qilishlariga, tushunchalarini oydinlashtirishga, ongli o‘qish va hissiy
idrok etishlariga yordam beradi. O‘quvchilarning film namoyishida tug‘ilgan ayrim savollariga
ularning o‘zlari yangi o‘qiydigan asarlardan javob topadilar. Tayyorgarlik ishlarini bunday
uyushtirish o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini ham oshiradi.
O‘qituvchi hikoyasi.
Bu metod asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali
hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so‘zlab berilayotganda ularning portretlari,
bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o‘quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi.
Boshlang‘ich sinfda shoir, yozuvchilarning o‘z tilidan o‘qigan asarlari yoki ular haqida boshqalar
aytgan fikrlarni magnit tasmasidan eshitttirilsa yoki video tasmadan ko‘rsatilib, unga o‘qituvchi
hikoyasi qo‘shilsa, darsning samaradorligi yanada oshadi. Masalan, 4-sinfda O‘zbekiston
Respublikasi Davlat Mathiyasi aytilgach, A. Oripovning o‘zi aytgan ”O‘zbekiston” she’ri qo‘yib
eshittirilishi mumkin
.
O‘qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlarni o‘quvchilar saviyasiga mos qilib,
hajonli qilib hikoya qilsa, o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob
o‘qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma’lumot 1- sinfdan 4- sinfga borgunga qadar
ko‘paytirilib, chuqurlashtirilib boriladi.
|
| |