Olingan natijalar va ularning tahlili




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/109
Sana28.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#266161
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
talim transformatsiyasi

Olingan natijalar va ularning tahlili
Asarni o‘qishga tayyorgarlik bevosita o‘quvchilarning 
mustaqil izlanishlari 
asosida ham tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) asarini o‘qishga 
tayyorgarlikda o‘quvchilarning o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari 
aniqlangach, o‘quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi 
tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi 
yozuvlarni o‘qiydilar (Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi). 


Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim 
Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa 
bilan shug‘ullanmas edim. (Ibn Sino) 
Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u erda tibga oid kitoblarni 
mutolaa qilishga ruxsat so‘radim. 
Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino) 
Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga 
doir 400 dan ziyod asar yozgan 
O‘quvchilarni mustaqil izlanishga o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan 
yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar 
to‘platish, albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma’lumotlarni o‘qib, so‘zlab 
berishidir. 
Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o‘quvchilar bilimi ortib 
boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa 
ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish 
ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi. 
Tayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi asar 
mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun maktab 
tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan qismi yaxlit 
o‘qish usulida tanishtiriladi. 
Hikoya, masal, she’rning mazmunini to‘g‘ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy ta’sirini 
oshirish uchun ifodali o‘qish katta ahamiyatga ega. 
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar: 
1.
Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali 
ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga 
boshlang‘ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, 

Download 1,51 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish