|
“Qo‘l yetmasga bo‘y cho‘zma”Bog'liq talim transformatsiyasi “Qo‘l yetmasga bo‘y cho‘zma”
maqolida ota-bobolar farzandlariga turmush
kechirishning yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan pand-nasihat qilarkanlar, kishi xoh jismoniy, xoh moddiy,
xoh ma’naviy jihatdan qudratiga qarab ish ko‘rishi, qurbi yetmagan ishga urinmasligi zarurligini, aks
holda oqibati yomon bo‘lishini uqtiradilar.
3
Ushbu maqolda “qo‘l” so‘zi “imkoniyat” ma’nosida
qo‘llanilgan.
Ingiliz tilidagi
"Many hands make light work"
degan maqoldagi "qo'l" vazifani bajaradigan
haqiqiy qo‘llarni anglatadi. Ilmiy tushuntirish mehnat taqsimoti va jamoaviy ish kontseptsiyalari
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ular vazifani bir kishiga qaraganda bir guruh odamlar tomonidan
tezroq va samarali bajarishi mumkin. Umumiy maqsadlarga erishishda hamkorlik va jamoaviy
ishning afzalliklarini ko‘rsatadigan tashkiliy xulq-atvor va ijtimoiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar
bunga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ushbu maqolda “hand” so‘zi “hamjihatlik”,
“hamkorlik” ma’nolarini anglatadi.
Misollardan ko‘rinib turibdiki, “qo‘l” so‘zi turli xil maqollarda turli xil ma’nolarni anglatmoqda.
“
"A bird in the hand is worth two in the bush"
” maqolidagi “hand” so‘zi egalik yoki
ishonchni bildiruvchi majoziy ma’noga ega. Kishi o‘zida mavjud bo‘lganidan yaxshiroq bo‘lishi
mumkin deb o‘ylagan narsaga ega bo‘lishga harakat qilib, o‘zida borini ham yo‘qotmaslik kerakligini
ta’kidlaydi.
Maqollardagi
“bosh”
so‘zining turli talqinlarini fan til murakkabligi va semantik polisemiyaga
ko‘ra tushuntirib beradi. "Bosh" so‘zi tananing bo‘yin ustida joylashgan qismidagi tana a’zosini
bildirsa, majoziy ma’noda u boshqaruv, yetakchilik yoki hokimiyatni bildirishi mumkin. “Bosh”
so‘zi qo‘llangan maqollar shunga ko‘ra turlicha talqin qilinishi mumkin.
O‘zbek tilidagi
“Baliq boshidan sasiydi”, “Suv boshidan loyqar”, “Daryo boshidan loy
|
| |