|
O’qitishning metodlari va texnikasi
|
bet | 29/54 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 9,27 Mb. | | #133327 |
Bog'liq portal.guldu.uz-FUNKSIONAL ANALIZO’qitishning metodlari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid vizuallash, taqdimot, bahs) muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, loyiha va amaliy ishlash usullari. Interfaol usullarni mavzuning mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vasitalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ma’ruza matni, amaliy tatbiqlar, boshqa fanlar bilan bog’liqligi va boshqalar) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiya vositalari keng ko’lamda tatbiq etiladi.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari) aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari aloqa usullari va vositalari: ongli ravishda tushunish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati ham tartibli yo’lga qo’yiladi.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning naitijalarini reja asosida nazorat va tahlil qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og’zaki yoki test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Baholarning haqqoniy bo’lishiga, oshkoraligiga alohida e’tibor qaratiladi.
V. MА’RUZА MАTЕRIАLLАRI
1- Modul
Mavzu: To’plam va to’plam nazariyasining elementlari.
Ajratilgan vaqt: ma’ruza-8 soat
amaliy mashg’ulot.-8 soat
Asosiy savollar:
To’plam nazariyasining elementlari.
Xalqa va algebra.
Ma’ruzaga oid tayanch tushuncha va iboralar:
To’plamning quvvati, sannoqli, sannoqsiz to’plamlar, ekivivalentlik, Kantor–Bernshteyn teoremasi, akslantirishlar, binar munosabatlar, xalqa, algebra, yarim xalqa, minimal algebra.
Ma’ruzaga oid muammolar:
1. O’lchovli va o’lchovsiz to’plam quvvati.
2. To’plamlarni akslantirish.
1-savol bo’yicha dars maqsadi:
1.Xar-xil to’plamlarning quvvatini tushintirish.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Sanoqli va sannoqsiz to’plamlarning quvvatini tushintira oladi.
2.To’plamlarni bir-biriga akslantira oladi.
|
| |